Rossiya liberal-demokratik partiyasi yetakçisi Vladimir Jirinovskiyning ma'lum qilişiça, Federatsiyalar Kengaşidan ketiş niyatida emas. Uning aniqlik kiritişiça, Davlat dumasidagi yiğilişlarda “ölguniça” qolmoqçi.
Bu haqda Jirinovskiy “Ma'nolar hududi” butunrossiya yoşlar forumi davomida aytib ötdi.
“Men Davlat dumasida oxirigaça, ölgunimça qolaman, men yoşlarga ham aytdim: “Siz bilan bir kunda hayotdan köz yumaman”, - deya RLDP yetakçisining sözlarini keltiradi RIA Novosti.
Şuningdek, u RLDP, RFKP va “Adolatli Rossiya”ga bitta partiya taşkil etiş taklifi bilan çiqdi.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 4 fevral kuni Vladimir Jirinovskiy Rossiya liberal demokratik partiyasining raisi etib tört yilga qayta saylangandi.












