Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eshaklar charchab qolishi tufayli kontrabandachilar mashinani chegaradan olib o‘ta olishmadi
JAR politsiyachilari Mercedes-Benz C220 avtomobili 4 eshak orqali Zimbabvega olib o‘tilishi oldini olishdi. Bu haqda TimesLIVE portali xabar tarqatdi.
Huquq tartibot organlari jinoyatchilar mashinani ikki davlat o‘rtasidagi chegara bo‘ylab o‘tgan Limpopo daryosining qurib qolgan qismidan eshaklar yordamida olib o‘tmoqchi bo‘lganida qo‘lga olishgan.
«Eshaklar avtomobilni daryo o‘zanidan sudrashgan. Eshaklar charchab qolgach, xodimlarimiz ularga yetib olishgan», — degan mahalliy politsiya vakili.
Jinoyatchilar eshaklar va mashinani qoldirib Zimbabve hududiga qochib ketishgan. Hozircha hech kim hibsga olinmagan.
Bu hodisa 31 iyul kuni ro‘y bergan, jonivorlar bu hodisa vaqtida jabrlanmagan.
2 avgust kuni Zimbabedagi The Herald nashrida yozilishicha, Janubiy Afrika Respublikasida chegaradagi noqonuniy migratsiya va kontrabandaga qarshi kurash olib borilmoqda. Keyingi haftada politsiyachilar chegara orqali mashina olib o‘tilishiga bo‘lgan 5ta harakatni to‘xtatishgan.
O‘tgan yilning dekabrida ham politsiya kontrabandachilar Limpopo o‘zanida eshaklar orqali mashina olib o‘tilishiga harakat oldini olishgandi.
The Herald nashrida qayd etilishicha, JARda o‘g‘irlangan mashinalarning aksari Malavi va Tanzaniyada paydo bo‘ladi.