Hindistonning Uttar-Pradeş ştatida bir töda eşak 4 kunga “qamoqqa olindi”. Ta'kidlanişiça, bunga eşaklarning qamoqxona binosi oldida ekilgan qimmat ösimliklarni yeb qöyişi sabab bölgan. Eşaklar mahalliy siyosatçilardan biri vaziyatga aralaşgaç, 4 kundan keyin “ozod qilingan”.

“Biz eşaklar egasi bilan vaziyat haqida gaplaşganimizga qaramay, u eşaklariga bu hududda ötlaşga ruxsat bergan. Şunda biz noodatiy yöl tutib, eşaklarni “qölga olişga” qaror qildik”, deb aytdi qamoqxona boşliği.

NDTV telekanali ma'lumotlariga köra, eşaklar mahalliy siyosatçi garov puli tölagandan keyin çiqarib yuborilgan. 

Şunga öxşaş voqea 2008 yilda Meksikada yuz bergandi. Öşanda eşak insonga tan jarohatlari yetkaziş aybi bilan “qamoqqa olingandi”.