Ispaniya professional futbol ligasi (LFP, La Liga) Fransiyaning «Pari Sen-Jyermen» klubining «Barselona» hujumçisi Neymar uçun tölanadigan summani qabul qilmoqçi emas, deb yozmoqda As naşri.

Manba bergan xabarga köra, La Liga 222 mln yevro miqdoridagi tölovni moliyaviy feyr-pley talablariga javob bermasligini ma'lum qilmoqda va uni qabul qilmoqçi emas.

Eslatib ötamiz, oldinroq «Barselona» Neymar klubni tark etmoqçi ekani, lekin uni sotib olmoqçi bölgan klub uning şartnomasida körsatilgan 222 million yevro tovon pulini töliq tölaşi kerak bölişini ma'lum qilgandi.

«PSJ» esa molyaviy feyr-pley qoidalarini çetlab ötiş maqsadida Neymarni klub xöjayiniga tegişli fond orqali sotib olişni rejalaştirgan. Şuningdek, Neymarni Qatar-2022 mundiali elçisi qilib, buning uçun tölanadigan summani öz şartnomasini sotib olişga köndiriş varianti ham körib çiqilmoqda.