Filmlarda boş qahramon boşidan ma'lum böladi. Heç qursa örtaroğida. Çunki u oxirigaça nima uçun qahramon bölajakligini isbotlab boradi. Bugungi filmimizda qahramon endi tuğiladi, şekilli. Maqola mantiğiga köra, qahramonni oxirida aytaman.
Uzoq davom etgan «köpikli opera» nihoyat öz yakuniga yetdi. Oçiği, bu «opera» boşlangan paytda Neymar xuddi Ronaldu singari özining moliyaviy tomonini yaxşilab oliş uçun «Barselona» rahbariyatiga öyin qilyapti deb öylagandim. Yöq, braziliyalik yulduz çindan ham ketmoqçi bölgan ekan. Oxiri ketdi ham. Buni kataloniyaliklarning rasmiy tvitter akkaunti ham tasdiqladi, Messi ham instagramida rolik körinişida xayrlaşdi. Buyoğiga ertak Parijda davom etadigan böldi.
Neymar voqeasi menga qattiq ta'sir qilişiga uning Fransiya poytaxtiga ötişiga işonmaganim köproq sabab bölgandir, lekin boşqa jihatlari ham borligini sal keyin payqab qoldim. Neymar haqidagi xabarlar va bugungi yakunni «Barselona» tomonidagilar közi bilan körişimiz zarur. Ispaniya mustamlakasi tomonidan turib izohlaş töğriroq böladi, har holda Neymar hali «PSJ» libosini kiyganiça yöq.
Heç sezganmisiz, bir inson uzoq kasal bölib yotib qolsa, atrofida girdikapalak bölganlar ham öşa inson vafot etgaç ğalati bölib qolişadi, özlarini qöyarga joy topolmay qolişadi. Bu odamni uzoq vaqt körmaganlardan-da oşirib yiğlaşadi. Vaholanki, ular har kuni kasalning yonida bölişgan, bu kasallik erta-indin ajal bilan yakunlanişini bilib turişgan, lekin baribir ölim duç kelgan paytdagi holatlari özgaça böladi. Tayyorgarliklaru tasavvurlar butunlay yolğonçi bölib çiqadi. Hozir Kataloniyada şunga öxşaş holat. Neymarning transferi borasida köp gaplar ularni ham ranjitgan, hatto iç-içlarida braziliyaliksiz mavsumni ham tasavvur qilib körgan bölişlari mumkin. Biroq, voqea sodir bölganida, Kataloniya aza libosini kiyib oldi. Daraxtlari-da boşini egib oldi.
Bu transferning boşqa transferlardan farq qiladidigan jihati faqatgina pulida emas. Pogba «MYu»ga kelayotganidagi gap-sözlar bilan bugungi izohlar örtasida katta farq köryapmiz. Sotib olayotganlardan köra sotib yuborayotganlarning holati haqida gapirilyapti faqat. «Barselona»dagilar uçta ikki va buyoğiga millionni izohlovçi nolli raqamni yozayotgan paytida bu summa yetib bölmas çöqqi deb öylagan bölişsa kerak, biroq bugun bu son juda ham qörqinçli summa emasligi ma'lum böldi. Avvalo bunga futbolçining özi rozi bölsa, kifoya ekan. Hay, insof nuqtai nazaridan Pogba transferini Neymar voqeasi bilan taqqoslasak notöğri böladi. Braziliyalik yulduzga öz darajasidagi yigitlarni topiş kerak.
Avvalo, oxirgi paytlarda yulduzlarning oxirgi bekati Madrid yo Kataloniya bölib qolganini, bunga nomi çiqqan yulduzni şu ikki jamoadan biri sotib olişiga hamma könikib qolganini aytib ötsak. Tabiiyki, bu ikki superklub muxlislari ham. Hozir esa, navqiron yigit yanada yulduzroq böliş uçun aynan Barselonadan ketmoqda. Qaysiki, hamma intiladigan, kuboklarni qalaştirib taşlaşga umid yoğdiradigan Kataloniya şahridan çiqib ketmoqda.












