Daniya mamlakatining amaldagi boşqaruvçisi qiroliça Margrete II'ning turmuş örtoği şahzoda maqomidagi Henrik qirollik oilasidan arazlamoqda. Gap şundaki, 1967 yili turmuş qurgan Henrikka monarx oilasi tomonidan qirol maqomi berilmagan. 83 yoşli keksa şahzoda vafot etgan taqdirda, uning jasadi rafiqasining yoniga dafn etilmasligini xohlaşini aytgan.
"Bu oçiq oydin namoyon, şahzoda öz maqomidan butun umr davomida norozi bölib kelgan. Sönggi yillarda bu araz alangalab, jiddiy qarorlarga sabab bölmoqda", - deydi qirollik saroyning Aloqalar böyiça rahbari Lene Ballebi.
1934 yili Fransiyada tavallud topgan şahzoda, avvalo, öz ona yurtida jasadi kuydirilib, söngra Daniyada dafn etilişi mumkin. Ötgan yili jamoatçilik işlaridan iste'foga çiqişini aytgan Henrik hozirda saroy yumuşlari bilan band.












