Yaponiya politsiyaçi va öt öçiruvçilari dunyodagi eng yirik baliq bozori Tsukidzi vayronalarini tozalaşni boşlaşdi. Bozor hududida yonğin yuz berdi, deb xabar qilmoqda NHK telekanali.
Yonğin 3 avgust tungi soatlarda yuz bergan. Hodisa oqibatida heç kim jabrlanmadi, biroq bozorning 935 kvadrat metrlik hududi vayronaga aylandi.
Telekanal ma'lumotlariga köra, yonğin tufayli yettita bino zarar körgan. Şu bilan birga, olovni töliq öçiriş uçun taxminan 15 soat vaqt ketgan.
Öt öçiriş xizmatlari voqeaga nima sabab bölganini hozirça aniqlay olişmadi, ayni damda bu borada suriştiruv işlari ötkazilmoqda.
Tokio gubernatori Yuriko Koikening ta'kidlaşiça, bozorning yoşi va uning kuçli zilzilalarga bardoş beriş darajasining pastligi hududni qayta quriş kerakligidan dalolat beradi.
Tokioda 80 yil avval taşkil etilgan baliq bozorini har yili ön minglab kişilar kelib köradi. U sayyohlar orasidagi eng maşhur joylardan biri sanaladi.












