Fransiyaning «PSJ» klubi braziliyalik hujumçi Neymar transferini e'lon qildi. Bu haqda parijliklar rasmiy saytida xabar berilgan.
Manbaga köra, futbolçi fransuz klubi bilan beş yillik şartnomaga qöl qöygan. Unga köra, futbolçi 2022 yilning yoziga qadar «PSJ» futbolçisi sifatida töp suradi.
Eslatib ötamiz, oldinroq «Barselona» Neymar vakillari klubga şartnomani bir tomonlama bekor qiliş uçun yetarli bölgan 222 million yevroni tölab bergani haqida rasmiy bayonot bilan çiqqandi. Şundan söng futbolçi erkin agent maqomida parijliklar bilan şartnoma imzolagan.












