
Har bir kunning öz muhim mavzulari bor. Bir kun Alining işdan olingani, ikkinçi kun Valining kirdikorlari, boşqa kuni esa qöşiqçi Folonçixonning ajabsanda suratlari trend mavzuga aylanadi, tarmoqlarda obdon muhokama qilinadi. Xullas, har kuni bir tomoşa...
E'tibor bergan bölsangiz, bundan bir yillar avval ham eng qiziq mavzu asosan otarçilar...uzr, qöşiqçiyu xonandalar, aktrisalar bilan boğliq bölardi. Hozir esa ular “taxt”dan tuşgan. Çunki jamiyatda “dinğir-dinğir”dan bölak mavzular muhokamalar markaziga köçdi. Bu, albatta, odamni quvontiradi. OAVning barça turi ğimillab qoldi. Kosa tagidan boşini çiqarib, yon-atrofga qörqmayroq razm sola boşladi. Siz ham sezayotgandirsiz?! Ijtimoiy tarmoqlarni-ku, gapirmasa ham böladi. Haqiqat manzarasini aynan öşa yerda köriş mumkin.
Gapni qisqaroq qilaman. “Feysbuk”ning şu kunlardagi eng qaynoq mavzulari borasida odamlarning fikr-mulohazalarini siz bilan baham körmoqçimiz! Dastlabki mavzu 1 avgust kuni bölib ötgan test sinovlari...
(Imtihon – test sinovlari haqida)
Dima Qayum:
Bundan 17 yil oldin öqişga kirmoqçi bölib imtihonga yöl olayotsam, bir qiz “Hoy, senga kim qöyibdi? Borib molingni boq”, degandi. Şu-şu öqimay, bozorda peçka sotdim va öşa qiz har kuni öşa gaplarini qayta-qayta aytaveradi...
***
Xurşid Abduraşid:
4 yildan beri yiqilaverib, bu yil yana test topşirgan örtoğim imtihondan çiqib, mana şu testning öziga bir soat vaqtim ketdi, deb qoldi. Qarasam, zör savol ekan. 4 yilda testga tayyorlanganim esdan çiqqan bölsa-da, lekin özimça javobini aniq aytmoqçi bölyapman-u bir kundan beri kerakli formulani topolmayapman.
Mana öşa savol:
Uç yuz Köhi Qofni kelida tuymoq,
Dil qonidan bermoq falakka böyoq,
Yoinki bir asr zindonda yotmoq,
Nodon suhbatidan köra yaxşiroq.
Pahlavon Mahmud
Uşbu törtlikdagi ergaştiruvçi boğlovçi bilan boğlangan qöşma gapda fe'ldan anglaşilgan harakat tarziga bajaruvçining munosabati ifodalangan sözlardagi yasovçi asosi bir söz turkumi doirasida omonimlik xususiyatiga ega bölgan fonetik özgarişga uçragan, jarangli, sirğaluvçi, ovozdor undoş bilan tugagan yopiq böğinlar tarkibida yuqori tor, oğizning oçiliş darajasiga köra lablanmagan unli neça örinda qöllangan?










