Milliy mafkurani qayta körib çiqiş vaqti kelmadi...mi?
|15:35 / 04.08.201754 62943 min
Mamlakatimizda keçayotgan beqiyos yaşariş, buyuk evriliş har bir sohaga isloh kiritmoqda. Masalaga şu nuqtai nazardan qarasak, mafkuraviy soha birmunça oqsab qolganini seziş qiyin emas.
Tariximiz oğir tarix. Qonli istilolar ruhimizda bitmas-tuganmas jarohat qoldirgan. Agar biz öşa bosqinlar zamiriga nazar taşlasak, öşa istilolar arafasida xalq öz holiga taşlab qöyilganiga, mislsiz xiyonatlarga guvoh bölamiz.
Özbek xalqi iymoni butun xalq. Birinçi Prezidentimiz haq gapni aytgan: içimizdan sotqin çiqmasa, heç kim bizni yenga olmaydi!
Tarixning guvohlik berişiça, har bir istilo xalq xotirasida önglanmas asorat qoldiradi. Hozirgi avlod buni oqpoşşo istilosi, ayniqsa, şöro siyosati, kommunistik mafkura zulmi misolida yaqqol körişi mumkin. Albatta, ötgan tarixiy silsilalar milliy özligimizga yetkazgan ziyon va tuşunçalar hamon ong ostida yaşab kelayotir. Haliyam millatning qoni toza, iymoni salomat ekanki, mudom aslini saqlab keldi. Holbuki, tarixda qançadan-qança xalqlar tillarini yöqotibgina qolmay, özi ham yöq bölib ketgan. Bunga bir misol. Hazar dengizi böyida qadimda Hazar saltanati bölgan. Undan bugun urvoq ham qolgan emas. Bilasiz, lotin tili öz zamonida köplab tamaddunga beşik bölgan. Qani u, hozir? Ularni yemirgan begona madaniyatlar, yot urf-odat, ya'ni ekspantsion mafkuralar. Bugun tobora globallaşib borayotgan, bizdan farzandlarimizni tortib olişga urinayotgan “virtual dunyo”da biz bir millat sifatida özligimizni, ota-bobolarimiz tutgan tutimni saqlab qolişga ham ruhan, ham ma'naviy tayyormizmi?! Yetti yot mafkuraviy tazyiqlarga qarşi qanday çoralar qöllamoğimiz kerak?
Ma'lumki, milliy maslak va bir butunlik avvalo, ommaviy axborot vositalari — gazeta-jurnal, radio va televideniye, şuningdek, adabiyot, teatr va maorif, ayniqsa, kinematografiya ta'sirida şakllanadi. Albatta, mö'tabar dinimiz, mumtoz navolar, kuy-qöşiq, tasviriy san'at şu maslakni tarannum etmoği lozim. Şundagina biz bir xalq, bir millat bölib, Ozodlikni, Vatanni ardoqlab, uzoqlarni közlab yonib-yaratib yaşaymiz. Maqolamiz bir neça qismdan iborat bölib, unda milliy özlikni ifoda etuvçi har bir yönalişga alohida töxtalamiz. Quyidagi muxtasar qaydlardan közlangan maqsad şu tilak mevasi.
Ona tilimiz hukumat aralaşuviga muhtoj
Bugun davlat tili hukumat aralaşuviga muhtoj. Negaki, aynan davlat idoralarida hali-hamon rus tilida iş yuritiladi. Tabiiyki, bu hol ma'naviy jihatdan tugal ozod bölolmayotganimizni körsatadi. Zero, til milliy davlatçilikning asosiy unsuri bölib qolmay, xalqning, millatning öziga bölgan hurmati miqdorini ham ifoda etadi. Şu örinda ma'rifatparvar bobomiz Alixontöra Soğuniyning quyidagi fikri e'tiborga molik: “Arabça, forsiyçalarni yoziş-sözlaşgina emas, balki, bu ikki tilda kitob yoziş, şe'r aytiş qobiliyati menda bölsa ham, öz turkiy ona tilimni boşqa tillardan ortiqroq kördim. Çunki, qaysi bir millatning ona tili öz hojatini ötayolmay, boşqa yot tillar oldida mağlubiyatga uçrab tiz bukar ekan, unday millat köp uzoqlamay, insoniy tuyğularidan ajragan holda hayot daftari ustiga inqiroz qalami çekilişi şubhasizdir. Unday millatlar yolğizgina Vatanlaridan emas, balki butun borliği bilan tarix yuzidan yöqolişga majbur böladi”. Bu hayotda öz tasdiğini topgan haqiqatdir. Şu bois milliy manfaatlari tökis ta'minlangan deb aytiluvçi AQŞda ham bu masalaga jiddiy e'tibor qaratilgan. Xususan, yirik siyosatşunos Patrik Byukenen Amerika inqirozi haqida gapirib, bir örinda şunday deydi: “... Mamlakat maktablarida faqat ingliz tilida darslar borişini talab qilişimiz şart. Çunki ikki tillilik, ma'lum ma'noda bir davlat hududida ikki madaniyat, hatto ikki mamlakat borligini anglatadi.... ”.
Mavzuga oid
Biz dunyo tillarini biliş, örganiş yaxşi fazilat ekanini qayd etgan holda, ona tili har bir millat uçun uluğ va mö'tabar ekanini ta'kidlamoqçimiz. Demak, har bir inson uning sofligini asraş va yanada boyitiş uçun kuraşmoği lozim.
XIX asrda Abulğozi Bahodirxonning “Şajarai turk” asarini rus tiliga tarjima qilgan akademik Skobelev unga yozgan sözboşisida risolaning Peterburg matni nisbatan asliga yaqin ekanini ta'kidlaydi. Yevropadagi uçta kutubxonada saqlanayotgan qölyozmalar esa fors va arab sözlari bilan “boyitilgan”ini aytadi. Holbuki, Bahodirxon, deydi akademik, bu kitob hammaga tuşunarli bölişi uçun juda sodda va xalqçil tilda yozdim, deb izoh bergan...
Bunday hol hattotlar “öyini” bölib, u ğaraz bilan qilinganini anglaş qiyin emas, albatta. Mana şunday yöl bilan ötgan asr davomida tilimizga qançadan-qança söz va atama kirib kelişi, öylamay-netmay uni istifoda etib yuborişimiz masala qay darajada jiddiy ekanini körsatadi. Eng yomoni, mazmuni mavhum yasama söz va atamalar haqiqiy turkiy söz, atama va iboralarni muomaladan sitib çiqarmoqda. Masalan, poyqadaming yoqdi, deyişadi. Nima degani, bu? Oyoq-qadaming yoqdi, demoqçimi? Qadaming qutluğ ekan, desa bölmaydimi?
Hafta kunlarining nomlanişini olib köring... Nima turkiy xalqlar şunça qadimiy bölgan holda öz taqvimini yaratmaganmi? Kunlarni nomlaş esidan çiqib ketganmi? Yoki forsiy til saroy tili, nazm va nafosat tili deb unga sehrlanib qolganmi?.. Holbuki, dunyodagi eng körkam va nafosatli til hazrat Navoiy, Şayboniyxon, Abdulla Qodiriy, Fitrat, Çölpon, Rauf Parfining kamalakdek tovlanuvçi jozibali tilidir. Ammo bugun biz qöllayotgan taxta — ona tilimizda oğoç, paxta — momiq, ğişt — kirpiç deya atalişini yoşlarimiz deyarli bilmaydi. Bundan taşqari, bugun biz özga tillardan “qarz”ga olib işlatayotgan yuzlab sözlarning sof özbekça bir neça muqobili mavjud. Bu kabi holatlarning oldini uçun har birimiz ona tiliga mas'ul bölmoğimiz zarur.
Bir vaqtlar hukumat qoşida Atamaqöm bölar edi. Bugun unga ehtiyoj yaqqol sezilmoqda. Şu ma'noda, til bilan şuğullanadigan maxsus komissiya tuzilib, uning zimmasiga matbuot va boşqaruvda işlatilayotgan sözlarni nazorat qiliş hamda mazkur jabhalar tilini soflaştiriş vazifasi yuklansa, öylaymizki, maqsadga muvofiq böladi. Negaki, til masalasiga barça zamonlarda ham millatning hayot-mamoti sifatida qarab kelingan. Navoiy bobomiz butun hayotini şu yölga bağişlagani, bu bejiz emas, albatta. Bu uluğ zot “Turk nazmida çu men tortib alam, ayladim ul mamlakatni yakqalam” deganida aynan öxşaşi yöq ona tilimizga mehr-muhabbatini izhor etgandi.
Biz öz tilimizda sözlaşdan istihola qiladigan darajaga tuşib qolmasligimiz kerak. Şiddatli zamon esa bizning bu maylimiz bilan hisoblaşib ötirmaydi. Til bobida jahonda keçayotgan globallaşuv jarayoni jön va beozor hodisa emas. Yetakçi tillarning gegemonlaşuvi nafaqat özga tillar rivojiga, balki tub joy aholining ta'lim, madaniyat va ma'rifat borasidagi islohotlariga ham salbiy ta'sir körsatmay qolmaydi. Biz bunga guvoh bölib turibmiz. Özbekça talaffuz buzilib ketayapti. Tele va radio boşlovçilari özbekça talaffuz qoidalariga rioya etmaydi. Ular tilimizdagi lutf, samimiyat va latofat kabi inja san'at haqida öylab ham körmaydi.
Mana, bir neça yildirki, Sankt-Peterburgda “Govorite pravilno” degan loyiha işlab keladi. Bu Moskvada ham keng qanot yoygan. Rossiya Federatsiyasida nutq madaniyati böyiça Kengaş ham qat'iy faoliyat körsatmoqda. Ön ikki yildirki, sökiniş ma'nosidagi sözlarni işlatganlar jarimaga tortiladi. Şunday qonun mavjud.
Fransiyada esa, öttiz yildirki, milliy tilni asrab-avaylaş böyiça qonun iş köradi. Unga nisbatan hurmatsizlik körsatsa, kim bölişidan qat'i nazar qonun oldida jarimaga tortiladi. Belgilangan tartibga köra, köçadagi yorliqlar milliy tilda yoziladi. Davlat telekanallari deyarli Amerika kinolarini namoyiş etmaydi, ularning qöşiqlarini bermaydi...
Bizda-çi?! Televizorni oçing. Ertalabdan qora keçgaça Gollivud, Bollivud, koreys, xitoy filmlari. Nega şunday?.. Afsuski, bunga hammamiz könikib ketganmiz. Millat tölaqonli bölsa, tevarak-atrofda röy berayotgan voqea-hodisalarni idrok etiş, notinç va dolğali zamonda sodir bölayotgan kulfat va mislsiz fojialar ildiziga borib yetiş, undan ibratli xulosa çiqariş bobida ham uyğunlik va bir butunlik hukm suradi. Umumiylik asosini esa fikrimizni bayon etuvçi ona tili taşkil etadi. Har bir millat öz ona tilida öylaydi, voqelikni muşohada etadi. Nuqtai nazar şunday şakllanadi. Adabiyot va san'at ham, ilm-fan ham, davlat boşqaruvi tizimi takomili ham, umuman, taraqqiyot mazkur umumiylik va intiliş hosilasidir. Şu örinda “Izohli luğat”da “tafakkur” söziga berilgan ta'rifni eslaş joiz. Aytişlariça, u — “tuşunça” va “öylaş”. Nahot tilimiz şunçalar qaşşoq bölsa? Mana, holimiz-ahvolimiz. Ozodlikka çiqqanimizga 26 yil bölmoqda. Ammo tilimizning ilmiy-ifodaviy qatlami hamon şakllangan emas. Bu haqda öylab ham körilmayotgani açinarli, albatta. Tan olaylik, bugun tilimiz adabiyot va san'at olamida mavjud, xolos. Bu tilda na falsafa, na tarix, na jurnalistika va na ilm-fan yaratilgani yöq.
Bizda tolerantlik, insonparvarlik tuyğulari ğoyatda kuçli. Bu kişilarimizning oqköngil, mehridaryo va bağributunligidan dalolat beradi. Bu köp ijobiy fazilat.
Şu örinda aytiş kerakki, globallaşayotgan hozirgi zamonda mentalitetimizga, milliy turmuş tarzimizga, azaliy qadriyatlarimizga zid bölgan turli “yangilik”lar, buzğunçi harakatlar ta'siri favqulodda kuçaymoqda, Bu ham milliyatga rahna soladi. Ayniqsa, u mafkura taşuvçi unsur bölsa, yanada xatarli. Bunga 9 may bayrami – Xotira va Qadrlaş kuni arafasida kökraklarimizga taqib olgan Georgiy lentalarini misol tariqasida keltirişimiz mumkin. Uning tarixi XVIII asrda Çor Rossiyasi va Usmonli armiyasi örtasidagi uruşga borib taqaladi. Öşanda ruslar Avliyo Georgiyni panoh bilib, mazkur lentaga topinib jangga kirişgan. U mutlaq xristian dini xarakteridagi totem (belgi) bölgani uçun xudosiz kommunistlar öz vaqtida uni taqiqlagan. Sobiq Ittifoq inqirozga yuz tutgaç, 1992 yili bir guruh millatçi şovinistlar uni Ikkinçi jahon uruşi bilan boğlab yana odamlar ongiga singdirdi. Demoqçi bölayotganimiz, har bir narsaning ildiziga qarab xulosa çiqariş lozim.
Jöğrofiy atamalar, mamlakatlar va özga şaharlar nomini tilga olişda ham eski tuşunça hukmron. Masalan, Falastin, Isroil, Suriya kabi davlatlar joylaşgan Osiyo qit'asining ğarbiy qismini biz ham “Yaqin Şarq” deb kelamiz. Yoki “Şarqiy Yevropa” va “Örta Şarq” atamalarini olaylik. Nima uçun “Ğarbiy Osiyo” yoki “Markaziy Yevropa” demaymiz? Nazarimizda, bular axborot tilida qabul qilingan me'yor-etalonga öxşaydi. Aslida, milliy tafakkur şu oddiy narsalardan şakllanmaydimi?
OAV tilida “yaqin xorij”, “uzoq xorij”, “yangi xorij” iboralarini qöllaş töğrimi? Ikkiçidan, Rossiya uçun Boltiqböyi jöğrofiy jihatdan “yaqin xorij” bölişi mumkin. Ammo biz uçun “bir toşlik” yöl-ku! (Faxriddin Nizom, Yangilaniş an'anasi, Toşkent, «Ma'naviyat» naşriyoti, 39-40-betlar.)
Bu kabi masalalar jön va oddiy tuyulişi mumkin, biroq milliy tafakkur kamol topişiga tösqinlik qiladi. Millat millat bölsa, uning tili öz munosabati va nuqtai nazarini oydin ifoda eta olişi lozim. Biz dunyoga öz közimiz, öz sözimiz va öz fikrlaş tarzimiz bilan nigoh taşlaşimiz kerak.
Madaniyat va san'atda “ötin yorayapmiz”
... Jamoaga birlaşgan odamlar xavfsizligi va turmuş farovonligi hukumat, şuningdek, amaldagi qonunlar zimmasida. Din, ma'rifat, adabiyot va san'at, ilm-fan esa, garçi unçalik bosim ötkazmasa-da, aslida qonundan kuçliroqdir. Bular kişanlarni gullar bilan bezab turadi, erkinlik deb atalmiş azaliy hissiyotni öt oldirmay, mute holidagi kişilarni körgan kuniga şukr qilib, hayotni sevib yaşaşga undaydi. Bu esa ularni madaniylaşgan xalqlar qatoriga qöşadi... Bu istehzo Jan-Jak Russoga taalluqli. U san'at axloqning poklanişiga yordam bera olmaydi, degan qaraş tarafdori edi. Qolaversa, u yaşagan zamon va mavjud iqlim adib şunday qaror qabul qilişiga zamin yaratgan. Biroq oradan köp ötmay buyuk Tolstoy ham musiqa haqida fikr yuritib, (bu örinda gap baçkana musiqa va qöşiq haqida) u qalbni ötmaslaştiradi, deydi va kinoyali tarzda qöşib qöyadi: Galitsiya knyazlaridan biri qayerda qul köp bölsin desang, u yerda musiqaga kuç ber, degan. Lekin ölayotib qullarni boşqarişdan çarçadim, deya tan olgan... Bu örinda ikki faylasuf yozuvçi ham xalq va millatning şakllanişida yuqoridagi unsurlarning rolini inkor etmagan holda bir xil fikrni aytmoqda. Ya'ni, Çingiz Aytmatov ta'biri bilan aytganda, manqurt bilan buyuk davlat ham, farovon jamiyat ham qurib bölmaydi. Biz tiklamoqçi bölayotgan jamiyat negizini esa avom raiyat emas, ongli fuqarolar taşkil etmoği kerak. Şunday ekan bu jabhadagi islohotlar quyidagilarda körinadi. Musiqa, kino va şou-biznes.
“Yulduzlar” şirkati
Bugun musiqa va qöşiqçilikdagi siyosatimiz xiyla izdan çiqqan, desak yanglişmagan bölamiz. Xuddi qöziqorinday bodrab çiqayotgan xonandalarning adoği körinmaydi. Soçi silliq taralgan, quloğiga halqa taqib, tor şim kiygan, jinsi odamda şubha uyğotuvçi bu toifa qayoqdan paydo bölayotir. Teleekranlar şu “boyvaçça”lar bilan band. Köngiloçar gazetalar “zamonamiz qahramonlari”ni “estradamiz yulduzi” deb olqişlaydi. “Yulduz” esa behayolarça sizga qadalib qaraydi va qölini bigiz qilib beöxşov qöşiq aytadi.
Xöş, ularni kim ilhomlantirmoqda? Gohida, bir paytlar biz milliy etalon sifatida qaragan Farhodmonan, jasoratli, kuçli-qudratli, yoki bölmasa, Otabekdek tarbiya körgan va bu xislat yuz-közida silqib turgan yigitlar, nima, ötmişda qoldimi, deb öyga tolasan, kişi. Bolalarimizga bunday behayo qiliqlarni, çiroyli qilib körsatayotgan söxtasi sovuqlarga tözim bormi, deging keladi. Uç-tört almoyi-aljoyi xonişi bilan köriniş bergaç, katta ekranga çiqib, aql örgatadi. Tarixi neça ming yildan ziyod bu uluğ xalqqa qanday yaşamoqdan “saboq” beradi, hatto alqab duoga qöl oçişga undaydi. Xöş, bu “ommaviy madaniyat”ning nima haqqi bor bunday qilişga. U kimning arzandasi, özi? Albatta, bunday ğazab hozir aksariyat köpçilikning yuragida tölib toşmoqda. Zerokim, piçoq borib suyakka qadaldi.
Bugun qöşiqçilik televideniye orqali öz atrofiga eng katta auditoriyani yiğa oliş imkonini namoyon etdi. Demak, yoşlar tarbiyasiga uning ta'siri juda katta. Şunday ekan, jamoatçiligimiz qöşiqçilik haqida ekran madaniyati, şou tadbirlar va radiotölqinlar, ayniqsa, arzongarov disklar orqali tarğib etilayotgan maynavozçiliklar haqida jiddiy öylab körmoği lozim. Birinçidan, ijroçining ovozi, mahorati, axloq-odobi, qolaversa, badiiy tafakkurini körikdan ötkazib, undan söng unga ruxsatnoma beriş; Ikkinçidan, qöşiqqa solinayotgan matnning badiiy-estetik, ğoyaviy-ma'rifiy qiymati mutaxassislar tomonidan albatta, körib çiqilişi kerak. Negaki, bugun aksariyat xonandalar, boşlovçi ham, xalq artisti ham kosib-şoirlar yozgan ma'no-mazmunsiz, ya'ni, ma'rifiy ahamiyati bir pulga qimmat matn bilan repertuarini “boyitayotir”. Bunday qöşiqlar odamlarning vaqtini olişdan özgaga yaramaydi.
Soha islohotni talab etmoqda. Bu esa, şubhasiz, milliy axloq va tafakkurga ziyon yetkazadi. Agar, biron-bir tadbirkor notökis oyoq kiyimi işlab çiqarsa, u sizning oyoğingizni mayib qilişi mumkin. Past saviyada yozilgan qöşiq esa million-million didlarni ötmaslaştiradi. Afsuski hozir Özbekistonimizda “yulduzlar” şirkati gullab yaşnamoqda. Biz hatto, ekranga siğmay qolmasin, degan xavotirda yangidan-yangi telekanallar oçmoqdamiz...
Qahramon boşiga döppi kiysa “milliy kino” bölib qolmaydi
Kino sohasini aytmasa ham böladi. Bizda bu sohada maktab bor edi, ammo u parokandalikka yuz burdi. Özbek kinoçilari tomonidan ötgan 25 yil içida “Baron”, “Ajal jodusi”, “Vatan”, “Quduq”, “18-kvadrat”, “Parizod”, “Qörğoşin” va yana şularga öxşaş tört-beşta filmlarni aytmasa, arzirli yirikroq bir iş qilindi, deyolmaymiz. Ayrim öynoqi rejissyorlar hamon “milliy kino” degani boşiga döppi, egniga tön ilgan qahramon timsolidan iborat, degan tuşunça bilan yaşayotir. Bu mohiyatan sotsrealizm temir qoidasi bölgan “şaklan milliy, mazmunan sotsialistik” degan aqidaga juda hamohang. Holbuki, kino mafkuraviy ta'sir kölami jihatdan eng ilğor soha. Öz vaqtida “proletariat dohiysi” “Barça san'atlar içida biz uçun eng muhimi kinodir” deb bejiz aytmagan. Kommunistlar hind kinoindustriyasi oyoqqa turişi uçun köp kömak bergan. Ma'lumotlarga köra, XX asrda Bollivud topgan daromadning 80 foizi Sobiq Ittifoq hissasiga töğri kelgan. Buning öziga yaraşa sabablari bor, albatta. Asosiysi, Bollivud işlagan kartinalar sentimental ruhiyati bilan uydirma voqealarni pardalab taşlardi, ya'ni, sovet voqeligiga mos va monand edi. Çuçmal va xayoliy motivlar ustiga qurilgan bunday asarlar mazlum xalqlarni milliy ozodlik degan mö'tabar intilişdan çalğitib turardi. Va kommunizm xayoli bilan yaşaşga undardi...
Kino san'ati katta kuçga ega ekan, keling, biz ham endi undan milliy manfaatlarimiz yölida foydalanaylik. Özbekiston uluğ allomalar, hadis ilmining, şe'riyatning sultonlari, Ozodlik yölida jon olib-jon bergan Tömaris, Afrosiyob, Jaloliddin, Amir Temur, Temur Malik, Madaminbek, Fayzulla Xöjayev kabi mislsiz vatanparvarlar Vatani. Bunday tarix, bunday millat dunyoda yöq. Lekin ularning birortasi haqida dunyoga çiqadigan asar yaratilmadi, hali. Qaytanga Gollivud kino ijodkorlari Ibn Sino va tarixiy qahramon Otilla haqida film işlab, katta şuhrat topdi.
Şu örinda bir mumtoz san'at namunasiga töxtalmasa bölmaydi. Mel Gibson boş rolni ijro qilgan “Şeryurak” filmi. Kamina şu yoşga kirib, inson erki, hamiyati, muhabbati va sadoqati bor böyiça uluğlangan boşqa bir filmni körgan emas. Asar qahramoni dunyoning jami ne'matidan Ozodlikni baland qöyadi.
Asar şotlandlarning yovuz va tuban bosqinçilarga qarşi kuraş haqida. Holbuki, Mel Gibson irland farzandi. Irlandlar ham şu zulmni jonidan ötkazgan. Şuning uçunmi, dunyodagi hamma ne'matlarning onasi — Ozodlik deb dunyoga jar soladi.
Albatta, özbek xalqi tarixini Şotlandlar tarixi bilan tenglaştirib bölmaydi. Lekin uluğ san'atkor şu tarixdagi bir jangu-jadal vositasida dunyoga öz gapini aytgan. Ölmas asar...
Endi siz suronli keçmişga bir nazar soling. Tömarisning şavkati öz vaqtida Yevropani larzaga solgan. Qançadan-qança asarlar yaratilgan. Hatto öşa Janna d’Ark ham Tömarisday bölaman, deb maydonga çiqqan.
Tömaris haqidayam “Şeryurak”day film yaratiş mumkin. Lekin qani şu, film. Yoki bölmasa, Şiroq, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Temur Malik kabi yovqur vatanparvarlar, Imom Buxoriy, Moturidiy, Termiziy, Xorazmiy, Beruniy kabi mislsiz allomalar haqida nega film işlamaymiz? Axir ular haqida yaratilgan asar, agar mukammal bölsa, bugun biz joylarda ötkazayotgan “Milliy ğurur va vatanparvarlik” mavzuidagi har qanday seminaru yiğilişdan ta'sirli va yaşovçan bölmaydimi?
Töğri, tan oliş kerak, bugun milliy kino jabhasi tubdan isloh qilişga muhtoj. Hozirgi kino arboblari oldiga haligi talablarni qöyiş adolatdan bölmaydi. Avvalo, ularning qaddini kötarib qöyiş, yoş iste'dodlarni qöllab-quvvatlaş lozim. Şuning uçun ham qöşiqçilik va kino san'ati atrofida yetuk tarixçilar, bastakorlar, qadimşunoslar, tilçilar, yozuvçi va şoirlar, adabiyotçilardan iborat maxsus komissiya tuziş, işni hamkorlikda taşkil etiş, mazkur sohalarni bosqiçma-bosqiç milliy ruhda şakllantiriş maqsadga muvofiq.
Tariximiz qaçondan boşlanadi?
Bu sohayam yaqin ötmişdan töla oyoğini uzib olgani yöq. Bizning oldimizda turgan eng muşkul vazifa ona sutiday toza, xolis va haqqoniy milliy tarixni yaratişdir. Bunda nimalarga rioya etilişi lozim? Birinçidan, tarixni davrlarga böliş, çegaralaş, tarixiy şaxslarni hukmron mafkura elagidan ötkaziş ötmişimizga nisbatan haqsizlik böladi. Bunday deyişimizga asos şuki, bolşevoylar bizga tarixing 1917 yildan boşlangan, biz seni odam qildik, deya uqtirgan. Mustaqil bölgaç esa bizda milliy davlatçilik tarixi Amur Temurdan boşlangan, degan tuşunça şakllandi. Ya'ni, bizning tariximiz 600-700 yildan iborat, göyo. Bunga sabab... Ikkinçidan, tarixiy şaxslarga xolis yondaşuv zarur. Tarix şunday hodisaki, uning ustida eksprement ötkazib bölmaydi. Bir kun kelib u baribir asliça namoyon böladi. Şu ma'noda, tarixiy şaxsga nisbatan şaxsiy mehr yo adovat unda rol öynamasligi kerak. Misol sifatida tarixda yirik davlat arbobi va şoir sifatida maşhur bölgan Şoh Şayboniyga bölgan munosabatimizni keltirişimiz mumkin. Holbuki, u Temurdan söng qudratli markazlaşgan saltanat tuzgan. Uning nazmiy devoni ham nihoyatda bebaho. Afsuski, bu uluğ ajdodimiz şaxsiga haligaça yotsirab qaraymiz.
Ötgan asr boşida sodir etilgan Oktyabr töntarişi, mamlakatimizni çulğab olgan milliy ozodlik harakati ham hali xolis va haqqoniy bahosini olgan emas. Nima emiş, bosmaçilik harakati emiş. Jadidlar harakati-çi? Bizga şunday bir tuşunça berildiki, Behbudiy, Munavvar Qori, Fitrat, Çölpon, Qodiriy, Alixontöra Soğuniy kabi milliy ozodlik yölida fido bölgan ma'rifatparvarlar ortiqça tarğib qilinsa, milliy ehtiroslar junbişga kelib, olomon boş kötaradi, göyo. Hatto jadid deyişni ham çeklab qöyişdi. Uçinçidan, millatimizning kelib çiqiş tarixini yoşlarga oçib bersak, ğoyat örinli böladi. Nimagadir bizda “turkiy” degan atama buzğunçi diniy oqimlar nomidan ham noxuş kayfiyat qözğaydi. Öz vaqtida “xalq duşmanlari”ga şunday hadiksirab qaraşgan. Menimça bunday hol Ğarbdagi ijtimoiy institut va markazlar işlab çiqqan “panturkizm” degan ayblov tamğasi bilan boğliq. Holbuki, bugun slavyanlar slavyançasiga, forslar forsçasiga, sionistlar esa sionistçasiga öz manfaatini himoya qilayotir. Heç kim ularni “sen slavyanparast”, “sen forsparast” yoki “sen sionistsan”deya ayblayotgani yöq. Demokratiya umuminsoniy qadriyatmi?! Ha xuddi şunday...
Tarix bilan boğliq bunday qaraş, mavhum va xavotirli tuşunça, hayiqib tamsallaş qayoqdan kelib çiqqan, deb öylarsiz.
Yodimda, töqsoninçi yillar boşida Birinçi Prezidentimiz huzurida tarixga yondaşuv masalasi muhokama etilgan. Öşanda aytgan, u kişi, xalqimizning kelib çiqiş tarixini oçib beriş kerak. Milliy Ozodlik harakatini oydinlaştiriş lozim, deb. Mazkur yiğilişga televideniyeda namoyiş etilgan qadim turkiylar, oçiqroq aytadigan bölsak, Kökturk Otilloning şavkatli yurişlari haqidagi körsatuv sabab bölgan. U turkiy qavmlar bayroqdori sifatida Rimgaça borgan. Yevropada unga varvar deb nafrat bilan qaraydilar, buniyam unutmaslik kerak, degan Islom Karimov. (Öşa yiğiliş tafsilotlari haqidagi körsatuv MTRK arxivida saqlanadi) Xullas, u böldi-bu böldi, öşa yiğilişdan söng, tarixiy qaraşlar özgardi-ketdi. Pastdagi mas'ullar Otilloning bizga heç qanday aloqasi yöq, deb qora çiziq tortişdi. Tariximizni Amir Temur davridan belgilaş ham öşanda boşlangan. Xullas, öşanda tarixga yondaşuvimiz xiyla özga tomonga oğib ketdi... Şunday ta'sirlar ölaroq biz hamon tariximizga eskiça — sovet davrida bölgani kabi yondaşib kelayapmiz. Hamon özbek atamasining paydo bölişini bahs etamiz. Gohida turkiyligimizdan “or” ham qilamiz. Holbuki, Birinçi Prezidentimiz tarix bilan boğliq muammolarga oydinlik kiritiş uçun maxsus ilmiy tadqiqot instituti taşkil etiş ğoyasini ilgari surgandi öşanda... Qani şu, tarix?..
Kişilik jamiyatiga oid qadim Xitoy manbalarini, umuman, şarqning dono muarrixlari yozib qoldirgan barça kitoblarni çuqur tadqiq etiş, tarjima qiliş va naşrdan çiqariş vaqti keldi. Uni hatto “kişilik jamiyati tarixi” degan turkum ham qiliş mumkin. Şuningdek, Qoşğariyning “Devonul luğatit turk”, Rabğuziyning “Qissasul anbiyo”, Abulğozi Bahodirxonning “Şajarai turk”, şuningdek, Ahmad Doniş asarlarini mukammal holida naşrga tayyorlaş — bugunning talabi. Biz bilgan va bilmagan qölyozmalar qança. Yoş tarixçilarimiz belni boğlab işlaşi, ularni tadqiq etiş va aslni noasldan ajratib vatandoşlarimizga taqdim etişi suv bilan havodek zarur.
Din töğri örgatilayaptimi?
Mustabid zamonda bizni “tökilib” ketişdan saqlagan, mustaqillik yillarida qölga kiritgan muvaffaqiyatlarimizga zamin yaratgan mö'tabar dinimizdir, degan edi Birinçi Prezidentimiz Islom Karimov. Yaqinda davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev ona-Vatan va kelajak avlod taqdiri, tinçlik-omonlik ham, orzu-havas bilan yonib yaşaş ham, yurt obodligi va taraqqiyot ham muqaddas dinimizga bölgan munosabatimizga bevosita boğliq ekanini ta'kidlab, har birimizni uning sofligini asraşga undadi. Bizning oldimizga qöyilgan talab-jaholatga qarşi ma'rifat bilan kuraşiş. Hurmatli domlalarimiz ma'ruzarida namoz öqiyotganda qölni qanday tutiş yoki soqolni neça santimetr östiriş haqida emas, dinimizning mohiyati haqida mufassalroq pandu nasihat qilsa, islomning ma'rifat va ezgulik dini ekanini oçib bersa ayni muddao bölardi. Bu juda çuqur ma'noga ega. Agar biz Özbekiston “demografik portlaş”ga moyil ekanini, yaqin 50 yil içida aholisi 60-70 millionga yetişini, ham buning ustiga xalqimiz tabiatan yaxşilikka, quriş-yaratişga öç bölib, şundan kuç olişini, yomonlikdan hazar qilib uruş-qirğin oldida namozşomgulday sölib qolişini inobatga olsak, bu hayot-mamot masalasi ekani kunday ravşan böladi. Bu har bir mömin-musulmon islomning insonparvar din ekanligini yurakdan anglamoği zarur, degani. Nega? Bilasiz, aholimizning asosiy qismi — yoşlar, ösmirlar va bolalar. Demak, har birimiz tarbiyaçi, muallim bölişimiz, bolalarimizga töğri yöl körsata olişimiz lozim. Dunyo hayoti ostin-ustin bölib, manfaatlar töqnaşuvi hal qiluvçi pallaga kirgan bugungi kunda yölimizni kesib çiqqan har qanday muxolif bilan bahsga kirişib, haqlikni joyida qaror toptirişimiz kerak. Zero, haqiqat quyoş nuriday ötkirki, u jaholatni tilka-pora etib taşlaydi.
Şuni faxr bilan aytiş kerakki, mö'tabar islom dini nozil bölişidan avval ham, ya'ni, azal-azaldan xalqimiz tabiati islomiy bölgan. Qur'oni Karimda undalgan sifatlar — tinçlikparvarlik, yaxşilik, mehr-oqibat, himmat va saxovat, ota-ona va ayol zotini ardoqlab yaşaş uning qonida bor. Ota-bobolarimiz vatanni jonidan ortiq körmasa, bu mö'tabar zamin ham, bu xalq ham allaqaçon oyoqosti bölib yöq bölib ketardi. Jamol Kamol yozgan-ku: Avval Vatan, keyin jon, deb...Bugun bizda islomiy adabiyotlar yetarliça topiladi. Birgina Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining neça jildlik kitoblari naşr etildi. Farzandlarimiz nega şularni öqimasdan, qayoqdagi xudobezorning qutqusiga uçib, adaşib-uloqib yuradi. Bunga ham özimiz aybdor. Zamon şiddatini, Öğil-qizlarimiz, kelajak oldidagi burçni his etiş yöq.
Soatni töğrilab oladigan vaqt keldi. Qarang, arab mamlakatlarida, köhna qit'ada nimalar bölayapti? Nega? Nima uçun? Buni kim tuşuntirib bera oladi? Şundan kelib çiqib aytadigan bölsak, dinimiz tarixini çuqur bilişimiz, voqelikni anglab, idrok etib yaşaşimiz lozim. Bolalarimizni ham şu yölga boşlaş vaqti keldi. Birinçidan, bolang boğçadan kelib, “svoloç” deb tursa, undan nima kutiş mumkin? (şu yerga tarbiya metodikasi, boğça opalarning tarbiyasiz tarbiyasi töğrisida) Şuning uçun boğçaning katta guruhlarida salomlaşiş, odob-axloq böyiça muxtasar saboq berilişi lozim. Maktablarda, litsey va kollejlarda, oliy öquv yurtlarida dinimiz tarixi va falsafasiga doir ta'lim beriş zarur. Dars diniy oliy öquv yurtlarida ta'lim olgan malakali mutaxassislar tamonidan olib borilmoği kerak. Bu şuning uçun kerakki, islom tinçlik va ma'rifat, pokizalik va yaxşilik, himmat va mehr-oqibat dini. Şuni anglab, şu ruhda tarbiya körgan yoş ertaga adaşmaydi, haq yöldan ozmaydi.
Islom tarixi — ezgulik va yovuzlik örtasidagi kuraş tarixi. Buni bilgan yoş özining pozitsiyasini aniqlaştirib oladi. Zaminga mustahkam oyoq qöyib, yoruğ tilaklar bilan yaşaydi.
Adabiyot yaşasa — millat yaşaydi
Adabiyot millatning ruhiyatini özida ifodalaydi. U milatning takomilida ona tili va tarix bilan bir maqom kasb etadi. U kuy-qöşiq, san'at va tasviriy san'at kabi köngil torlarini çertib ruhga qanoat bağişlaydi, ezgu orzu istaklarini röyobga çiqarişga undaydi. Bugun adabiyotga e'tibor kuçaydi, ammo yaxşi asarlar juda kam. Borigayam yöl yöq. Bir misol. Iste'dodli şoirlarimizdan biri maşhur allomalarimizdan biri haqida drama yozgan. Asarini olib boobro‘ teatrga borsa, uning adabiy emakdoşi eşik oldida turgan ekan. “Tarixiy asarlar qöymanglar!” – degan körsatma bor, deb öşa yerdan qaytaribdi.
Öşa teatrdagi ahvol haqida Munavvara Abdullayeva yozgan maqolani öqidim “Darakçi”da. Ölik qölyozmaga jon bağişlaylik, deb iqtidorli san'atkorlar iste'dodini qurbon qilmoqda, deb kuyunadi taniqli olima va rejissyor.
Eng açinarlisi, ozodligimizga 26 yil bölayotir. Biroq bizda haligaça adabiyot nazariyasi yaratilmadi. Adabiyotşunosligimiz, adabiy tanqid xonanişinlikka mubtalo bölgan. Naşriyotlar potirlatib kitob bosayotir, uning saviyasi, ğoyaviy mazmun-mundarijasi bilan birov qiziqmaydi. Bir adabiyot ixlosmandi sifatida Yozuvçilar uyuşmasi atrofidagi gap-sözlardan diling xufton böladi. Axir şu taşkilot emasmi, qalamkaşlarni yozişga ruhlantiradigan, uning ijodiga qanot böladigan. Bizda aksi bölayotir. Hurmatli yozuvçilarimiz internetda yaşirin imzo bilan bir-birini badnom qiliş bilan ovora. Xalq kimga ergaşişi kerak?!
Odamzod hamişa yoniq sözga ehtiyoj sezgan. Ötgan asrning 60-yillarida Öljas Sulaymonning hali siyohi qurib ulgurmagan “Zaminga ta'zim qil inson” dostoni aeroplandan tarqatilgan, odamlar şuni talaşib olib öqişgan. Öşa mahallar şu dostonni yozgan şoirning şuhrati oyga uçgan Gagarinnikidan heç kam bölmagan. Bu sözning qudratini körsatadigan bir misol, albatta. Bugun bizda inqilobiy özgarişlar bölmoqda, ijodkorlarimiz esa jim. Yaqinda televideniye bir fermer opaning intervyusini berdi:
— Men, — deydi opa, — Prezidentimizning faoliyatini kuzatib özimdan uyalib ketdim. Rasmiy davlat taşriflari unga izma-iz ulanib ketayotgan joylardagi uçraşuvlar... Hatto respublikamizning eng olis ovullarida tizzasigaça çangga belanib dala kezişi, quyoşning tiğida turib odamlarning turmuşi bilan qiziqişini körib oçiği, qalbimda şularni körib turib, qanday qilib xotirjam ötiriş mumkin, degan öy keçdi, — deydi opa.
Xöş, bunday öy-xayol bugun qaysi birimizni bezovta qilmoqda. Biz hatto oddiy insoniy burçimizniyam unutib qöymoqdamiz. Masalan, men iste'dodli şoir Qambar Ötayevning dunyodan ötganini bir neça oydan keyin köçadan eşitdim. Holbuki, u özbek bolalar adabiyotining zabardast vakili edi. Şoir vafoti haqida markaziy naşrlarimizda bir enlik xabar berilganiga közim tuşmadi. Haqli savol tuğiladi. Nima, mayitning hurmatini joyiga qöyiş uçun u, albatta, qahramon bölişi kerakmi?!.
Ahvol şunday. Televideniye kun ora uç-tört filmni aylantiradi. Barakalla, tomoşabin sabriga “Dod!” deb yubormaganini qarang.
“Mirzo Uluğbek” spektakli, “Diyonat”, “Içkuyov”, “Girdob”, “Köngil köçalari”, “Uluğbek xazinasi”, “Navoiy” kabi köpdan-köp videofilmlar qaytib hayotning yuzini körgan emas.
Nega?
Bugungi kunning şoiri deganda Sulaymon Rahmon, Abdulla Şer, Yöldoş Eşbek, Şukur Qurbon, Usmon Qöçqor, Usmon Azim, Tohir Qahhor, Ikrom Otamurod, Bahrom Rözimuhammad, Halima Ahmad kabilar xayolga keladi. Ular katta auditoriyaga yaqinlaşa olmay xunob. Qaçon qarasang, ... ..., .... Yozuvçilar uyuşmasining qöli kaltalik qilayotgandir, lekin televideniyening öz yöli bor. Bir vaqtlar Moskva televideniyesi “Ostankinoda uçraşuvlar” degan turkum şe'riyat keçalari namoyiş etar edi. Deylik, şunday şe'riy keçalarini taşkil etsa bölmaydimi?
Qarang, atoqli şoirimizdan birining 80 yilligi Bokuda, Yevroosiyo universitetida keng nişonlandi. Ozarboyjon adabiyotiga qöşgan hissasi uçun u universitetning faxriy doktori etib saylandi va diplom bilan taqdirlandi. Bizda esa …
Ta'lim-tarbiya işida köngil böşlik ketmaydi
Bugungi kunga kelib ta'lim tizimida ham ayrim kamçiliklar közga yaqqol taşlanayotir. Buning hayotiy asoslari bor albatta. Birinçidan, moddiy ta'minot. Murabbiy va öqituvçi maoşini, jilla qursa, harbiylar yoki içki işlar xodimlari oladigan miqdorga olib çiqiş zarur. Şunda ular özini tört tarafga urmasdan berilib işlaydi. Berilib işlagan odamlar esa mö'jiza yaratadi. Hozir maktabdagi ta'lim-tarbiya işi asosan xotin-qizlar qölida. Kasbi muallim bölgan erkaklar esa rözğor tebratiş uçun boşqa sohaga urgan, özini. Ularni öz sohasiga qaytariş kerak yana. Ta'lim-tarbiya işida köngil böşlik ketmaydi. Yoş avlodga talabçan bölib keng tuşunça bilan maroqli saboq beriş, uni kelajakka tayyorlab boriş juda muhim, deb öylaymiz.
Pasportli gödak
Ikkinçidan, ayni paytda umumta'lim maktablariga 11 yillik ta'limn qaytayotgani juda töğri işlardan biri bölayapti. Negaki 16 ga tölib-tölmagan ösmirga fuqarolik pasporti berib, uni kollej yoki litseyga kirgazib, endi mustaqil hayotga qadam bos, deyiş köp hollarda unda aksil kayfiyat tuğdirmoqda. Bunday holda u özini birdan ulğayib qolgandek sezadi va özini qöyib yuboradi. Köçada esa uni “ovlaş” ilinjidagi makkorlar, buzğunçi oqim va “ommaviy madaniyat” kutib olayotir. Fojianing ildizi şunda.
Oliy ta'lim tizimida keçki bölimlar oçilsa yomon bölmas edi. Sababi, şartnoma asosida öqiş degani köp oilalarni qiynab taşladi. Agar talaba kunduzi işlab, keçqurun öqisa, ota-onasiga oğirligi tuşmaydi. Boz ustiga, bugungi internet zamonida oliy ta'lim tizimida onlayn öqişlar imkoniyatidan nega foydalanmayapmiz?
Matbuotdan oqsoq sohaning özi yöq
OAV aslida jamiyatning közgusi bölişi kerak. Bizda esa bundan oqsoq sohaning özi yöq. Hamon undan yaqin ötmişning “muattar” böyi anqib turadi.
Yaqinda “Özbekiston-24” informatsion telekanal oçilişi munosabati bilan ötkazilgan brifingda taniqli jurnalist Quddus A'zam juda töğri aytdi. “Axborot”, ham “Davr” teledasturi ham vazirlik va idoralarda ötkazilgan majlislar haqidagi xabarlardan iborat, deydi u. Holbuki, bu hisobotlarning heç kimga keragi yöq. Şuning uçun odamlar telekanallardan bezib ketgan. “Rossiya-24”, “Yevronyus” orqali dunyoda bölayotgan işlardan xabardor böladi. “Özbekiston-24” ham “Axborot”day siyqa böladimi? – deb masala qöydi, u
Bu gapda jon bor.
Davlatimiz rahbarining bizda ham şunday bir telekanal bölsin, çet ellarda ham muxbirlari işlasin, bölayotgan har bir yangilikni xalqimizga yetkazib tursin, deb qilayotgan jonkuyarligi öz yöli bilan, “Özbekiston-24” öz yöli bilan. “Özbekiston-24” xalqaro informatsion telekanallar bilan bellaşa olişi uçun avvalo jurnalistlarning oyoğidagi tuşovni olib taşlaş kerak. Qolaversa, jurnalistlarimiz ham endi qimillaşlari kerak. Birgina misol: qarang, Prezident yaqin uç-tört oy içida Turkmaniston va Qozoğistonda ikki marta Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi va Saudiya Arabistonida böldi. Safar çoği AQŞ prezidenti, Hindiston boş vaziri, Qirğiziston Prezidenti va boşqa önlab davlat rahbarlari bilan uçraşdi, muzokaralar olib bordi. Qança şartnomalar imzolandi. Ayni paytda u viloyatlarda bölib har bir viloyatda bunyod etilayotgan ellikka yaqin obekt va yangi loyihalar bilan tanişdi. Buni biz “Axborot”da körib, gazetada öqidik. Matbuotda ham televideniyeda ham xronologik tafsilotdan taşqari bir oğiz gap aytilgan emas. Deylik, Prezidentimizning Rossiyaga taşrifi çoğida ikki davlat örtasida qariyb 15 milliard dollarlik şartnomalar imzolandi. Bu Özbekiston tarixida bölmagan hodisa. Yoki şu taşrif samarasi ölaroq yuzaga kelgan yangi loyihani oling. Jizzax viloyatida neftni qayta işlaş korxonasi bunyod etilmoqda. Mazkur korxona işga tuşgaç, 20 ming odam işli böladi. Undan ham muhimi, işlab çiqariş sohasida yangi sahifa oçiladi, lekin şu haqda biron bir gazetada tahliliy maqola çiqdimi? Yöq! Janubiy Koreya bilan birga Ustyurtda neft va gazni qayta işlaydigan gigant korxona, işçilar şaharçasi, maktab va boğçalar bunyod etildi. Korxonaning loyiha qiymati 4 milliard dollar edi. Şuni qaydadir eşitganman, mana, Özbekistonimiz ham şunday marralarga ham yetib keldi, deb ğururlanib yuraman. Lekin bu korxona, ulkan quriliş jarayoni, işçilarning sohaning özlaştirişdagi maşaqqatlari, işçilar şaharçasi, u yerda yaşyotgan odamlar hayoti oçib berilgan bir maqola biron-bir gazetada çiqqan emas.
Davlatimiz rahbari Buxoro viloyatiga taşrif buyurganida Qandimda barpo etilayotgan çinakam yirik majmua qurilişi bilan atrofliça tanişdi. Qarang, bir vaqtning özida Ustyurt va Hisorda uning filiallari ham qad rostlayotir. Korxona neft va gazni qayta işlab, jahonda eng xaridorgir mahsulot işlab çiqaradi.
Loyiha qiymati – 5 milliard 600 million dollar.
Ehtimol, bu xabar köplarning diliga hayajon solgandir? Ammo biron bir jurnalist miq etgan emas.
Jurnalistlar juvozçi otdan ham tang ahvolda
Ötgan 26 yil davomida aytilaverib, yozilaverib siyqasi çiqib ketgan 3-4 mavzu bor. Hamma şuni aylantirgani aylantirgan.
Ehtimol, boşqa obektlar strategik ahamiyatga molikdir? Harbiy sirni oçib bölmas, balki?
Aytib qöyay, “Minor” jome masjidi ham ana şular sirasiga kiradi. Bu muazzam ibodatxona qad rostlayotgan vaqt Toşkentda qança ğalamisona miş-miş ivirsimadi, deysiz. “Masjidni qurdirgan boşqasi bölsa, nega uning oçilişiga Islom Karimov bordi?!”
Mana, biz qanday xalqmiz. Bir odam axir unday emas-ku, bu mumtoz obida Birinçi Prezidentimiz taşabbusi bilan, hukumat qarori asosida bunyod etildi, degan emas.
Köp ming sonli gazetalar ham, köp kanalli televideniye ham uydirmaga munosabat bildirgani yöq.
Bu masalada jurnalistlarni ayblab bölmaydi. Rahbariyat esa tepaning qoşu-qavoğiga qaraydi.
“Ruxsat bölişi kerak, ruxsat”.
Keyingi çorak asr şu köyda ötdi.
Qarang, hatto kommunal sohadagi ayb-nuqsonniyam tanqid qiliş mumkin emas. Muxbir yozadi, ammo u stolda çang bosib yotadi. “Qaçon çiqadi bu, aka? Faktlar eskirib qolmasin”, desang tepadan ruxsat bölsin, beramiz degan mujmal javobni eşitasan va...
Şunaqa.
Mana şu şaroitda matbuot Prezident talab qilayotgan vazifani uddalay oladimi? Yöq, albatta. Bugunga kelib, matbuot juvozçi otdan ham tang ahvolda. Uni erkiga qöyib yuborsang ham bir joyda aylangani-aylangan. Şu bois yangi davr barça matbuot naşrlariga yangi vazifalar qöymoqda. Ular esa quyidagiça böladi:
Jamiyatning qon tomiriga toza va yangi qon olib kiriş. Demokratiya va söz erkinligini namoyiş etiş.
Prezident közlagan, bugungaça matbuotdan pinhon tutilgan maslak va maqsadlarni jamoatçilikka yetkaziş.
Vatanimiz, xalqimiz va tariximizga otilayotgan tuhmat toşlariga munosib va asosli javob beriş.
Şuni ham aytiş kerakki, mustaqil naşr bevosita davlat rahbari ğoyalarini elga yetkaziş, mamlakatdagi ulkan bunyodkorlik işlarini, işlarimizning yaratuvçilik fazilatini oçib beriş bilan şuğullanadi. Bu naşr xalqimizning, rahbariyatning yuragidagi gaplarni yuzaga çiqarsin. Milliy manfaatlar himoyaçisi bölsin! Gapimiz yurakda armon bölib qolmasin.
Men fikrimni muhtaram Birinçi Prezidentimizning bir xitobi bilan yakunlaşni istayman: “Xalqimiz faqat jisman emas, ruhan ham uyğoq bölmoği darkor. Ruh bedorligiga uning rahbaru rahnamolari, olimu ulamolari, barça farzandlari mas'uldir”.