NKMK konida yuk avtomobili şinasi portlaşi oqibatida 2 kişi halok böldi. Fuqarolarning tungi osoyiştaligini himoya qiluvçi qonun imzolandi. Oltita viloyatda çiqindidan elektr energiyasi işlab çiqariladi. Toşkentda jamoat transporti narxi oşişi mumkin. Jizzaxda yölovçi avtobus yuk maşinasi bilan töqnaşdi. Kunning muhim xabarlari bilan taniştiramiz.

NKMK konida yuk avtomobili şinasi portlaşi oqibatida 2 kişi halok böldi

Navoiy kon-metallurgiya kombinatida (NKMK) yana inson ölimi bilan boğliq noxuş hodisa sodir böldi. 10-sentabr kuni «Qizilqum» kon boşqarmasi tarkibidagi «Pistali» konida quvur taşuvçi transport şinasi portlab ketgan. Hodisa oqibatida ikki işçi halok bölgan. Şuningdek, yana bir neça kişi turli darajada tan jarohati olgan.

Bu kombinatda sönggi 2 oyda insonlar ölimi bilan boğliq ikkinçi hodisa: 21-iyul kuni Muruntov konida avtoağdargiç yengil avtomobilni bosib, yançib ötgan va oqibatda 2 nafar işçi hodisa joyida halok bölgandi.

Holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan tergovga qadar tekşiruv işlari olib borilmoqda.

Fuqarolarning tungi osoyiştaligi himoya qilinadi

Prezident Şavkat Mirziyoyev 9-sentabr kuni «Aholini şovqinning zararli taʼsiridan himoya qiliş töğrisida»gi qonunni imzoladi. Qonunga köra, fuqarolarning osoyiştaligi va normal dam olişini buzadigan, şovqinning yöl qöyiladigan darajasidan yuqori bölgan tovuşlarga çeklov belgilanadi. Bunday şovqinlarga turar joylarda maişiy faoliyat, quriliş maydonlaridagi işlar, quriliş texnikasi va transport vositalari, şuningdek turli transportlarning harakati natijasida yuzaga keladigan şovqinlar kiradi.

Belgilangan tartibga köra, iş kunlari soat 23:00 dan 7:00 gaça, dam oliş va işlanmaydigan bayram kunlari esa 22:00 dan 9:00 gaça şovqinning yöl qöyiladigan darajasidan ortiq tovuş çiqarib, fuqarolar osoyiştaligini buzişga yöl qöyilmaydi.

Tungi şovqin töğrisida 102 qisqa raqami orqali IIB navbatçilik qismiga qönğiroq qiliş yoki hududdagi IIB profilaktika inspektoriga murojaat qiliş mumkin.