Neymar «PSJ»ga rekord darajadagi mablağ evaziga ötişi aniq böldi. U öz transfer huquqini 222 mln yevro evaziga (feyr-pley qoidalari buzilmasligi uçun şunday yöl tutildi) sotib oldi va erkin agentga aylandi. Endi u Parij klubi safiga borib qöşilişi mumkin.
«Barselona» kiyim almaştiriş xonasida 11 raqamli futbolka endi vakant. Iyul oyi davomida Neymarning ketişi haqidagi xabarlar bilan bir qatorda, uning örniga kim kelişi mavzusi ham muhokama qilindi. Kataloniyaliklar endi har tomondan unga örinbosar izlamoqda.
Filippe Koutino, «Liverpul»
Transfer narxi: 45 mln yevro (Transfermarkt.de ma'lumoti)
«Barselona» uçun eng yaxşi variant. Koutino kök-anorranglilar uçun ideal darajadagi futbolçiligi haqida bir neça yildan buyon gapirişmoqda. Ammo aynan hozir «Liverpul»ning asosiy yulduzi Kataloniya poytaxtiga kelişi va asosiy tarkibdan örin egallaşi mumkin. «Barselona» prezidenti Xosep Bartomeu klub uşbu transfer borasida muzokaralar boşlangani haqida oçiq aytmoqda. Neymarning tengdoşi bölgan bu futbolçi «Barselona»ning lotin amerikaliklardan iborat uçligini töldirişi, MSN örniga MSK paydo bölişi mumkin.
Ammo «Liverpul» öz futbolçisini osonlikça qöyib yubormaydi. Şu vaqtgaça, 80, 100 va 120 mln yevrolik takliflar rad qilindi, mersisaydliklar unga 150 mln yevrolik narx belgilab qöygan, jamoa boş murabbiyi Yurgen Klopp esa öz şogirdini heç qanday şart bilan ham bermasligini aytib, «Barselona»ga köp çiranmaslikni tavsiya qilgan. Şuningdek – Koutino Ispaniyaga kelsa, Neymar kabi vinger vazifasini bajarişi kerak böladi. Holbuki u «Enfild»da maydon markazida harakat qilmoqda. Yana bir jihati, Koutino «Barselona»ga Neymar borligida kelişi haqiqatga yaqin edi.
Lekin futbolçi «Barselona» bilan oğzaki kelişuvga erişgani haqida xabarlar mavjud. Endi butun dunyo voqealar jarayonini kuzatadi.
Ha: Texnika, tezlik, braziliyalikligi, keyingi yillarda körsatayotgan barqaror öyini - Koutino Kataloniyaga ötişiga yetarli sabablar.
Yöq: Yurgen Klopp uni heç qayerga qöyib yubormoqçi emas. Dösti Neymarning ketgani ham Koutinoning qaroriga ta'sir körsatişi mumkin.
Kilian Mbappe, «Monako»
Transfer qiymati












