Xalq deputatlari Şahrixon tuman Kengaşining 31-sessiyasida bir qator sudyalarning, xususan jinoyat işlari böyiça Şahrixon tuman sudi raisi Ş.Şodmonov, fuqarolik işlari böyiça Böz tumanlararo sudi raisi v.b. S.Yulçiyeva, Böz tumanlararo iqtisodiy sudi raisi v.b. U.M.Saydahmedovning 2017 yilning birinçi yarim yilligi böyiça sudlar tomonidan amalga oşirilgan işlari yuzasidan axboroti tinglandi.
Böz tumanlararo iqtisodiy sudi raisi v.b. U.M.Saydahmedov öz axborotida faoliyatini joriy yilning 1 iyunidan boşlagan Böz tumanlararo iqtisodiy sudiga 108ta iş kelib tuşgan, xöjalik işlarini 70 foizidan köpini oçiq sayyor sudlarda köriş uçun tayinlanganligini ma'lum qildi. 2017 yilning birinçi yarmida Andijon viloyat iqtisodiy sudi tomonidan Şahrixon tumani kesimida jami 1121ta xöjalik işi körilgan.
6 oy davomida körilgan xöjalik işlarini turkumlarga tasniflaganda eng köp iş soliq qarzi böyiça undiruvni soliq tölovçining mol-mulkiga qaratiş yuzasidan körilgan bölib, bunday işlar soni 652tani taşkil qilgan. Şuningdek, banklardagi hisobvaraqalar böyiça operatsiyalarni töxtatib qöyiş yuzasidan 208ta, bankrot deb e'tirof etiş yuzasidan 95ta, kommunal xizmat körsatiş şartnomasi yuzasidan 38 ta, kredit şartnomasi yuzasidan 29ta, kontraktatsiya şartnomasi yuzasidan 23ta, haq evaziga xizmat körsatiş şartnomasi yuzasidan 22ta iş körilganligi deputatlarga ma'lum qilindi.
Andijon viloyati böyiça Xalq deputatlari kengaşlari deputatlariga sudlarning axborot beriş işlari davom etmoqda.












