Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev ötgan oyda Toşkent viloyatiga safari yakunida ötkazilgan yiğilişda prokuratura organi xodimlarini qattiq tanqid qilgan. «Kun»ga yetib kelgan, uşbu yiğilişga oid audioyozuvda prezident prokurorlarni «eng katta öğrilar» deb atagan.

Şavkat Mirziyoyev Toşkent viloyati prokurori Jamşid Fayziyevga tanbeh berib, unga vaziyatni önglaş uçun 10 kun muhlat bergan. Prezident prokurorlarni yoqtirmasligini ta'kidlar ekan, ular «eng katta öğriligi», «boşqalarni öğrilikka» da'vat etişini aytadi.

«Dunyoqaraşingni özgartirmasang, keç böladi. Senga ön kun muhlat, qadamlaring baribir yoqmayapti. Bitta özing qolding, hammani işdan oldim. Men özi prokuror deganni, keçirasizlaru, judayam yomon köraman. Buni oçiqça aytayapman. Tuman hokimi, viloyat hokimi bölib işlaganimda körganman. Bu noinsoflar prokurorça bölib, yurişi özgarib qolişini, odamni mensimay qöyişini juda yaxşi bilaman. Juda yaxşi bilaman.

Özi birinçi öğri ular. Yana hammani öğrilikka da'vat qiladi. Eng katta öğri ular.

Biz yangi boş prokuror qöyganmiz. 80 foiz odamni özgartirdik. Avvalgi boş prokurordan qolgan öğri tizimdan qolganlarning asosiy qismini işdan oldik. 15-20 foizi yuribdi. Fayziyev ham şulardan. Baribir oxirigaça özgartiramiz. Yoki prokuror halol işlaydi, yoki prokuraturani butunlay yöq qilamiz. Odamlarning boşiga balo bu prokurorlar. Halol işlamasa, ketadi hammasi.

Hamma aravani birdek tortişi kerak. Odamlarni rozi qiliş kerak. Prokuror qaçon yaxşi yaşaydi? Xalq yaxşi yaşasa! Lekin bularning uylarini qaranglar! Maşinalarini qaranglar! Nima, ular atom reaktori yaratganmidi? Bir-ikkitasi familiyasini töğri yoza olmaydi. Lekin prokuror bövoladi, taniş-biliş bilan, keyin ğöddayadi. Şuning uçun yomon köraman ularni. Bular izdan çiqib ketgan EDI. Mana endi halol işlaşga harakat qilayotgan odamlar bilan işlayapmiz. Ularga şaroitlar yaratib berayapmiz», degan prezident.

Prezident özidan ketib qolgan prokurorlarning joyi qamoqda ekanini eslatib ötgan.

«Davlat kerak emas unaqalarga. Köçada bitta bezori hammani boşqarib yurişiga yöl qöyib bölmaydi. Toşkent viloyatidayam hali bor bir-ikkita. Köpini dumini uzdik, yana bir-ikkitasi bor. Tagiga yeta olmayapman hozirça.

Man hammasini bilaman, xudoga şukr. Özidan ketganlarni köpi qamoqda ötiribdi. Bundan keyin ham ötiradi. 

Hozirça arqonni uzun taşlab qöyganman. Uzun qilib. Bittada tortvolamiz. Davlat bilan kim hazillaşadi? Heç kim heç qaçon hazillaşa olmaydi.