Bugungi imkoniyatdan foydalanib, yana bir muhim, ta'bir joiz bölsa, nozik bir masala xususida sizlar bilan maslahatlaşib olişni zarur, deb bilaman.

Joylarda bölayotgan uçraşuv va muloqotlarda köp-köp odamlar menga aytayapti, virtual qabulxonaga yozyapti, «Töy-ma'rakalarimizni bir tartibga solib beringlar», deb murojaat qilyapti. Haqiqatan ham, ayni şu masala neça yillar, hatto asrlardan beri kun tartibidan tuşmasdan keladi. Jadid bobolarimiz ham töy-ma'rakalarimizdagi isrofgarçilik, dabdababozlik, maqtançoqlik millatimizni ma'naviy tanazzulga yetaklaydigan illat ekani haqida qanday kuyunib ötganlarini yaxşi bilamiz.

Mana, özinglar köryapsizlar, soppa-soğ yurgan ayrim odamlar ellikka kirmasdan turib tösatdan insult bölyapti, infarkt bölyapti. Sababini suriştirsangiz, boşqalardan qolmaslikka tirişib, katta töy qilaman, deb qarzga botgan böladi. Hali qarzidan qutulmasdan, yana töy qilişi kerak. Oçiğini aytadigan bölsak, töy-haşamlar bilan boğliq ortiqça xarajatlar ming-minglab oilalarning nafaqat iqtisodiy ahvoliga, balki, butun hayotiga jiddiy salbiy ta'sir körsatmoqda.

Bugun hayotimizda köpayib borayotgan oilaviy mojarolar, uruş-janjallar, ajralişlar, qudalar örtasidagi sovuqçilik sabablari ham aksariyat hollarda xuddi şu narsaga borib taqaladi.

Eng yomoni, ayrim pul topib aql topmagan, ma'naviy saviyasi past kimsalar töy-haşamlar, ma'rakalarni ötkaziş böyiça musobaqa öynab, turli-tuman yangi odatlarni öylab topyapti. Bularni eşitib, ba'zan odam hayratdan yoqasini uşlab qoladi.

Mana, Toşkentdagi töylarda «kelinnavkar» degan yana bir balo çiqibdi. Nima emiş, endi kelinning ota-onasi qiziga qöşib uning önlab dugonalarini ham bir xil kiyintirişi, yasantirişi kerak ekan. Bunday bemaza qiliqlar qayerdan çiqyapti? Yoşlarimiz kimdan örganyapti buni?

Yaqinda ötgan «Kamolot» qurultoyida men yoşlarning oğzini poyladim. Birorta yigit yoki qiz çiqib, «Ey, döstlar, tengdoşlar, biz uylanamiz, turmuşga çiqamiz deb ota-onalarimizni nihoyatda qiynab qöydik. Kelinglar endi, ularni bunday oğir taşvişga qöymaylik, kelajagimizni, millatimizning şa'nini öylab, töylarimizni kamtarona, ixçam qilib ötkazaylik», degan gaplarni aytarmikan, deb kutdim. Afsuski, ulardan bu masalada heç qanday fikr eşitmadim.

Töy-ma'raka — bu faqat şaxsiy iş emas, balki ijtimoiy masala ekanini inobatga olgan holda, boş vazir A.Aripov, boş vazir örinbosari T.Norboyevaga tegişli taşkilotlar bilan birgalikda oilaviy marosimlarni tartibga soliş, ularni ixçam, isrofgarçilik va dabdabaga yöl qöymasdan ötkaziş böyiça bir oy muddatda Prezident qarori loyihasini tayyorlaş vazifasi topşirildi.