Venesuela boş prokuraturasining xabar berişiça, Karakasdagi Ispaniya elçixonasiga noma'lum şaxslar hujum uyuştirgan.

«Boş prokuratura Ispaniyaning Karakasdagi elçixonasiga hujum holati böyiça suriştiruv ötkazmoqda», - deyiladi prokuraturaning tvitterdagi xabarida.

Dastlabki ma'lumotlarga köra, ikki noma'lum şaxs Ispaniya elçixonasiga mototsiklda kelib, binoga yonuvçi aralaşmaga ega bir neça şişa idişlarni uloqtirişgan.

Ayni damda halok bölganlar va jabrlanganlar haqida ma'lumot yöq.

Avvalroq Venesuela TIV rahbari yozning özida ikkinçi marta özgargani xabar berilgandi.