May oyining oxirlarida Vitaliy Klichko tan olgandi: ukasi Entoni Joshuani nokdaunga uchratganida Vladimirga shoshmaslikni va so‘nggi raundlarda yana shunday oldinga tashlanish mumkinligini maslahat bergan ekan. «Hozirgacha bu maslahatim uchun o‘zimni aybdor his qilaman. Barchasini tezda yakunlash kerak ekan», – degandi afsus bilan, Kiyev shahri meri.

Bunday so‘zlardan keyin tushunish mumkin ediki, Vladimir albatta yana ortga qaytadi va Joshuani revanshga chaqirib mag‘lubiyatga uchratishga urinib ko‘radi. Ammo bu yerda tushunish lozim bo‘lgan bir jihat bor edi: Katta Klichko endi afsus bilan, yutuq uchun zarur bo‘lgan jihatni aytayotgan bo‘lishi mumkin. Balki, sobiq chempion Entoni ringga qulaganidan keyin unga turbo-shturm uyushtirib oldinga borishi va uni nokautga uchratishi ham mumkin bo‘lgandir. Ammo bu butunlay tavakkal, va-bank borish bo‘lardi. Biroq aka-uka Klichkolarning eng asosiy quroli va balki eng katta yutug‘i hamda shu bilan birga eng katta kamchiligi jang davomida maksimal darajada ehtiyotkor bo‘lish edi.

 

A post shared by Anthony Joshua (@anthony_joshua) on

Tavakkalchilik – hech qachon ular uchun «tashrif qog‘ozi» bo‘lmagan. Joshua bilan jangda ham Vladimir butun faoliyati davomida qo‘llab kelgan taktikani tanladi: uzoq muddat raqibni o‘rganish va uni g‘azablantirish, shundan keyin esa, uni yoki ochkolar bo‘yicha mag‘lub etish, yoki chempionlik uch daqiqasini o‘tkazib faqat o‘shanda turbo rejimini qo‘shish. O‘sha kechada esa Vladimir Entoniga qaraganda kuchsizroq va sekinroq edi. Shunday ekan britaniyalik bokschini kamarga to‘liq munosib edi deb aytish mumkin – bu yerda ortiqcha savol bo‘lishi mumkin emas.