«Borussiya» hujumçisi Usmon Dembele faoliyatini «Barselona»da davom ettiradi. Taniqli jurnalist Tankredi Palmeri tvitterida ma'lum qilişiça, «Barselona» uşbu 20 yoşli futbolçi bilan şaxsiy şartnoma böyiça kelişuvga erişgan. Uning transferi uçun «Borussiya»ga 80 mln yevro taklif qilgan. Dortmundliklar klubi esa bu futbolçisi uçun 100 mln yevro söragan.
Dembele «Borussiya»ga 2016 yil yozida «Renn»dan ötgandi. U dortmundliklar safida 49 uçraşuv ötkazib, 10 gol urgan hamda 21 golga uzatma bergan.
Dembele «Barselona»da Neymar örnini egallaşi kutilmoqda.












