BMTning Suriya böyiça gumanitar yordam koordinatori va Qoçqinlar işlari böyiça Norveg kengaşi (NRC) rahbari Yan Egelann Turkiyani qoçqinlarga munosabati uçun maqtadi.

"Turkiya qoçqinlarni qabul qiliş va ularni himoyalaş borasida dunyodagi eng saxiy davlatdir. Buni köriş zarur. Turkiya 3 million suriyalik qoçqin va boşqa davlatlardan yarim million qoçqinni qabul qilib qanday qurbonlarga borayotganini anglaş kerak", deb aytgan Turkiya taşqi işlar vazirligi, Turkiyaning tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boşqarmasi va Turkiya Qizil yarimoy jamiyati vakillari bilan uçraşuv natijalariga köra "Anadolu" axborot agentligiga Egelann.

Uning ta'kidlaşiça, NRC ikki yildan beri qoçqinlar masalasi böyiça Anqara bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.

"NRC Turkiyani qöllab-quvvatlaşga, bu mamlakatdagi 3,5 mln qoçqin hamda mamlakat taşqarisidagi qoçqinlar uçun javobgarlik yukini yengillaştirişga intilmoqda. Jumladan, taşkilot qoçqinlarni himoya qiliş, ularning ta'lim va gumanitar yordam olişini ta'minlaş borasidagi tajribasi bilan bölişişga tayyor", deb qöşimça qilgan BMT koordinatori.

Egelann şuningdek Turkiya BMTning Suriyaning qamalda qolgan hududlariga gumanitar yordam yetkazişdagi sa'y-harakatlariga qömak körsatayotganiga hamda köplab suriyalik muhojirlarga boşpana berganiga, Suriyada yarador bölgan köplab odamlar Turkiyada davolanayotganiga e'tibor qaratgan.