AQŞ osmoni uzra öz aksini "çizgan" Boeing 787 Dreamliner yölovçi samolyotining bu parvozidan maqsad Rolls Royce kompaniyasining yangi dvigatelini sinovdan ötkaziş bölgan, deb xabar bermoqda Flightradar24 portali.

3 avgustda Boeing kompaniyasi Boeing 787 Dreamliner şaklini qaytaruvçi yönaliş böyiça bu modeldagi samolyot parvozini taşkillaştirdi.

Ma'lum qilinişiça, sinov parvozi Boeing va Rolls Royce kompaniyalariga "regulyatorlarga samolyot bir dvigatelda xavfsiz uzoq masofaga parvozlarni amalga oşira olişini isbotlaş"ga ijozat berdi. Parvozning umumiy davomiyligi 18 soatni taşkil qilgan. 

Boeinğning rasmiy saytida aytilişiça, samolyot yönalişi 22 ştat orqali ötgan. "787 Dreamliner modeli taşuvçilarga köproq uzoq masofalarga möljallangan reyslarni amalga oşirişga imkon beriş uçun yaratilgan", deb aytilgan xabarda.

Boeing 787 Dreamliner — keng fyuzelyajli, ikki dvigatelli yölovçi samolyoti bölib,  Boeing Commercial Airplanes kompaniyasi tomondan yaratilgan. U 250-300 yölovçini taşişga möljallangan. Kompaniyada ta'kidlanişiça, Dreamliner avvalgi modellardan tejamkorroqdir.