Bahrullo Ismatov (ism-familiyalar özgartirilgan) muqaddam sudlangan bölsa-da, qalb közi söqirligiça qolganlar toifasiga kiradi. Yöqsa, tarkibida giyohvand modda mavjud bölgan “zahri qotil” savdosi bilan şuğullanmas edi. Jinoiy şerigi Şuhrat Ğayratov bilan oldindan til biriktirib, bu “jirkanç savdo”da vositaçilik qildi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Şofirkon tumani markazida joylaşgan “Istirohat boği” oldida bir ayol kelib, özini Oysanam, deb taniştirdi-da, “Men haligi...“dori”ga keluvdim”, - dedi sekingina.

-  Suriştirib köraman, - javob berdi Bahrullo.

-  Hozir pulini ham keltirib beraman, - ayol şunday deya 600 ming sömni Bahrulloning qöliga tutqazdi...

U Oysanam Abdullayevaga kerak bölgan “ajal uruğ”ini zumda yetkazib berdi. “Gaşiş”ni 500 sömlik pul kupyurasiga örab, yaşab turgan uyiga keltirib yaşirdi. Bu qabih savdoga huquqni muhofaza qiluvçi idoralar xodimlari çek qöyişdi. 

Bahrullo Ismatov jinoyat işlari böyiça Şofirkon tuman sudining hukmi bilan 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Oliy ma'lumotli şifokor Romitan tumanidagi köp tarmoqli poliklinikaning psixiatr vraçi Şermat Botirov esa tarkibida psixotrop modda mavjud bölgan hisobda turadigan 50 dona “Tsiklodol” dorisini fuqaro Nigina Jalolovaga 10 ming sömga pullab yubordi.

Ş.Botirov tarkibida psixotrop modda bölgan bunday dorilar bemorning öziga emas, balki unga hamrohlik qilib kelgan kişiga berilişi kerakligini juda yaxşi bilardi. Şunday bölsa-da, özini bemor Gözal Murodovaning singlisi, deb taniştirgan Nigina Jalolovani suriştirib ham ötirmadi.

Jinoyatga jazo muqarrar. Sud hukmi bilan Ş.Botirov 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.