Hyperloop tezyurar transport ğoyasini taklif qilgan Tesla va SpaceX kompaniyalari rahbari Ilon Mask bu tizimning öz variantini qurişga qaror qildi. Bu haqda tadbirkorga yaqin bölgan manbaga iqtibos keltirgan holda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda. Hyperloop’ning öz variantlarini Mask kompaniyasi bilan bevosita boğliq bölmagan ikki kompaniya yaratmoqda. 

Ma'lum qilinişiça, Mask özining Boring Company kompaniyasi yordamida nafaqat tunnellar burğilamoqçi, balki Hyperloop tizimini qurmoqçi. Maskning SpaceX kompaniyasiga Hyperloop savdo markasiga huquqlar tegişli bölib, undan boşqa kompaniyalarga qarşi nom uçun bahslarda foydalaniş mumkin.

2017 yil iyulida Mask AQŞ hukumatining Hyperloop yer osti tizimini yaratişga "oğzaki tasdiğini" olganini ma'lum qilgandi. Bu yer osti tizimi Nyu-Yorkdan Vaşingtonga yölni 29 daqiqada bosib ötişga imkon beradi. Biroq mahalliy hukumat Maskning bu sözlarini şubha ostiga olgan.

Mask Hyperloop ğoyasini 2013 yilda ma'lum qilgan va buni tadbirkorlarni bu loyihani muhokama qiliş va amalga oşirişga jalb qiliş istagi bilan tuşuntirgan. Öşanda u bunday tizimni yaratişga vaqtini ketkazmasligini, çunki barça e'tiborini SpaceX va Tesla’ga qaratmoqçiligini aytgan. 

2016 yil oxirida Mask tunnellar burğilaş va bu jarayonni tezlaştiriş usullari bilan şuğullanuvçi The Boring Company kompaniyasini yaratişini e'lon qilgan. Taxminlarga köra, bu tunnellarda tirbandliklarni tez yengib ötiş uçun avtomobillarni aravaçalarda taşuvçi tizim paydo böladi.

Hyperloop tizimi yuk va odamlarni qisman vakuumga ega quvurlarda joylaşgan kapsulalar yordamida taşişni közda tutadi. Bu nazariy jihatdan soatiga 1200 km tezlik bilan harakatlanişga imkon beradi.

Hozir bunday tizimni yaratiş bilan Hyperloop Transportation Technologies va Hyperloop One şuğullanmoqda. Hyperloop One’ga rossiyalik tadbirkor Ziyovudin Magomedov sarmoya kiritgan. Yaqinda bu tizim sinovi vaqtida kapsulani soatiga 310 km gaça tezlaştirişga erişildi.

Mask kompaniyasi Hyperloop’ning öz versiyasini yaratmoqçi ekanligini tasdiqladi.

"Biz boşqa kompaniyalar muayyan taraqqiyotga erişganidan xursandmiz, biroq biz yaqin orada bu loyihani tezlaştirişni istaymiz. Biz Hyperloop’ning öz versiyalarini yaratayotgan boşqa taşkilotlarni qöllab-quvvatlaşga tayyormiz va ular buni halol amalga oşirgunlariga qadar ularga bizga tegişli nomdan foydalanişni taqiqlamoqçi emasmiz", deb aytilgan kompaniyada.