Sentyabr oyida tahsil olişning innovatsion tizimini taklif qiluvçi Özbekistonda muqobili yöq ta'lim muassasasi - ARTEL TECHNICAL SCHOOL «Kelajak maktabi» Toşkentda öz eşiklarini oçadi.
Sizning 6 yoşli farzandingiz yoşiga nisbatan zukkoroq, biroq oddiy maktabga uni faqatgina bir yildan söng olişga rozilik berişyaptimi? Aksariyat ota-onalar uçun taniş holat. Bu butun bir yilga teng qadrli vaqtni yöqotişga arziydimi? 6 yoşidanoq farzandingizni ARTEL TECHNICAL SCHOOL maktabiga berişingiz mumkin. Bu muassasada har bir öquv kunidan samara foydalanişni bilişadi.

Eng ilğor ta'lim uslubiyotlari orqali aniq fanlar va ingliz tili çuqur öqitilişi, Ta'lim beriş jarayonida zamonaviy texnologiyalarning qöllanilişi, yangi rivojlangan mamlakatlar ta'lim dasturlarida muvaffaqiyat bilan joriy qilinib kelayotgan yangi fan – robototexnika bilan tanişiş bularning barçasi öquvçilarimizning öziga bölgan işonçini oşirişga, kelajakda dunyoning eng nufuzli oliygohlarida tahsil oliş imkonini beruvçi bilim salohiyatiga bölişiga xizmat qiladi.
ARTEL TECHNICAL SCHOOL’da bolalar özlarini uydagi kabi his etadilar. Çunki biz eng yaxşi şaroitlar bilan ta'minlaymiz. Biz ularning ovqatlanişi haqida ğamxörlik qildik, barça öquv kabinetlarini ta'lim qiziqarli bölişi uçun zarur barça jihoz va aşyolar bilan ta'minladik. Bolalar – ayniqsa kiçkintoylarning böş vaqtlari juda muhimdir, şu sababli maktab hududida, jumladan maktab içkarisi va taşqarisida, hordiq çiqariş, öyin öynaş va tadbirlar ötkaziş uçun barça şaroitlar mavjud.
Albatta bizning öqituvçilarimiz ham bolaga şunçaki bilim beriş emas – uning haqiqiy döstiga aylanişga intiladilar!
Ta'limning ilk kunlardan e'tiboran 11 yil davomida ARTEL TECHNICAL SCHOOL’da biz bolalarda texnik mutaxassisliklar böyiça tahliliy fikrlaş tarzi va amaliy könikmalarini şakllantiramiz.
Bizning öquvçilarimi birinçi sinfdanoq malakali mutaxassislar qaramoği ostida ingliz tilini özlaştiradilar. Ta'lim sönggida bölajak bitiruvçilar ingliz tilida nafaqat sözlaşiş balki texnik darajasini ham bemalol egallaydilar, heç qanday qiyinçiliksiz çet el badiiy adabiyoti bilan bir qatorda maxsus adabiyotlarni öqib, çet eldagi hamfikr döstlari bilan örtoqlaşa oladilar.

ARTEL TECHNICAL SCHOOL’da biz farzandingizga ta'lim oliş xursandçiligi barobarida uni öz maqsadlari sari mustaqil harakatlana oliş hissini ulaşamiz. U kun sayin takomillaşadi. Bizning işimiz – ularga faqatgina töğri yönaliş beriş va ular tenglaşişga loyiq bölgan buyuk şaxslarni namoyiş qiliş.










