Saytimizda 20 iyul kuni Surxondaryodagi çorak asrdan buyon ta'mirtalab yöl haqida fotoreportaj e'lon qilingan va viloyatning Boysun hamda Oltinsoy tumanlari çegarasidagi nosoz yöl haqida söz borgan edi.

Öquvçilarimiz tomonidan bizga yetkazilgan ma'lumotlar va fotosuratlarga köra, yölning fotoreportajda tilga olib ötilgan uçastkasida ta'mirlaş işlari boşlab yuborilgan. Yölning öra hosil bölgan qismlari asfaltlangan. Asfaltning issiq va oğir yuk ta'sirida burişişi natijasida hosil bölgan egri-bugriliklar qirib, yöl çetiga yiğilgan va yangidan asfalt yotqizişga tayyorlab qöyilibdi.

Ayniqsa, Tangimuş aholi punkti yaqinidagi juda abgor holatdagi köprik ta'mirlab qöyilgan.

Köprikning oldingi holati mana şunday edi:

Köprikning hozirgi holati:

Bundan taşqari yölning sel yöli bilan kesişuvçi qismida zamonaviy köprik barpo etilayotgani, quriliş texnikalari işlayotgani avvalgi reportajimizda ham aytib ötilgan edi. Ayni paytda bu yerda mustahkam, sel oqimlariga çidamli köprik barpo etiş işlari davom ettirilayotganiga ham guvoh bölişingiz mumkin.