3 avgust kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev madaniyat, san'at, adabiyot va OAV vakillari bilan uçraşdi. Videoselektor körinişidagi uşbu uçraşuvda sohalardagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etiş çoralari hamda kelgusidagi vazifalar körib çiqildi. Yiğilişda barça viloyat, şahar va tuman hokimlari, ularning örinbosarlari hamda qator idora, taşkilotlarning rahbarlari iştirok etdi.
Yiğilişda qator dolzarb masalalar kötarildi. Xususan, Kun.uz muxbirining xabar berişiça, davlat rahbari estrada xonandalari topgan daromadlar soliqqa tortilişi böyiça ham öz fikrini bildirgan.
Prezident özbek estrada xonandalari boşqa mamlakatlardagi kabi topgan daromadidan soliq tölamasligi, faqat bir yillik litsenziyaga mablağ tölaşini qayd etib ötgan.
«Azbaroyi san'atga bölgan hurmatimiz uçun soliqqa tortmayapmiz ularni. Çunki ular endi harakat qilişsin», - degan Şavkat Mirziyoyev.
Eslatib ötamiz, Kun.uz saytida şu mavzuda bir neça maqolalar taqdim etilgandi. Jumladan, iyun oyida Şuhrat Şokirjonov muallifligida «Ozodbek Nazarbekov töğri gapirdi, lekin...» va «San'atkor soliq tölamaydi?! Mavzu davom etadi...» sarlavhali maqolalar şov-şuv keltirib çiqargandi. Keyinroq naşr qilingan «San'atkorlar daromad soliği tölaşdan töliq ozod qilindimi?» sarlavhali maqolada davlat soliq qömitasining konsert-tomoşa faoliyati bilan şuğullaniş uçun litsenziya olgan jismoniy şaxslarning jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği tölaşi böyiça ma'lumoti taqdim etilgandi.












