«PSJ»ning yangi futbolçisi Neymar özini pul tufayli «Barselona»dan ketişda tanqid qilayotganlarga javob qaytardi.

Parij klubi uning transferi uçun «Barselona»ga 222 mln yevro töladi. Futbolçining yillik maoşi miqdori 30 mln yevroni taşkil qiladi.

«Men bu kişilarga aytamanki, ular mening hayotim haqida heç narsa bilişmaydi. Meni heç qaçon pullar boşqarmagan.

Men özim va oilam baxtiyor bölişini istayman. Men yuragimga quloq solaman, pul haqida öylamayman. Agar şunday sabab bölganida boşqa klublardan biriga ötişim ham mumkin edi.

Parijga pulni deb kelmadim. Odamlar şunday öylaşi juda alamli. Pul - asosiy sabab emas. 

Parijda özimni qulay his qilişim mumkin. Bu yerda köplab döstlarim bor. Lekin ular ham mening qarorim sababi emas.

Men futbolga öçman. «Barselona»dagi faoliyatimni yakunladim. Endi yangisini boşlayman.

«PSJ»ga menga işonç bildirgani uçun minnatdorçilik bildirmoqçiman. Men bu işonçni oqlamoqçiman.

Eng qimmatbaho futbolçi nomini kötarib yuriş menga muammo tuğdirmaydi. Men bundan ortiqça oğirlik sezmayman. Mening vaznim 69 kilogramm», - deya hazil ohangida sözlarini yakunlagan Neymar.