Filippinning Puerto-Printsesa şahrida davom etayotgan boks böyiça ösmirlar örtasidagi Osiyo çempionatida çorak final bahslari yakunlandi.

Sports.uz xabariga köra, musobaqada muvaffaqiyatli iştirok etayotgan özbekistonlik boksçilardan 9 nafari yarim final yöllanmasiga ega böldi.

46 kilogramm vazn toifasida Muhammadmuso Abdurahmonov raqibi Turki Yahyo Ahmadni ikkinçi raundda mutlaq ustunlik bilan mağlubiyatga uçratdi.

48 kilogramm vazn toifasida Ruslan Abdullayev BAA vakili Ali Al-Xarussiyni 5:0 hisobida yengdi.

52 kilogramm vazn toifasida Asadxöja Muydinxöjayev iroqlik Hussayn Abdulhodiy Al-Baydxoniydan 4:1 hisobida ustun keldi.

54 kilogram vazn toifasida Rahmatullo Toşpölatov butanlik Rada Vançukni ikkinçi raundda katta ustunlik bilan taslim qildi.

57 kilogramm vazn toifasida Javlonbek Yöldoşev yaponiyalik Kenşin Yamamurani mağlub etdi - 5:0.

60 kilogramm vazn toifasida Şerzod Qodirov filippinlik Norlan Petetsioni 5:0 hisobida doğda qoldirdi.

63 kilogramm vazn toifasida Nurislom Ismoilov hindistonlik Vijay Dipga imkoniyat qoldirmadi - 4:1.

66 kilogramm vazn toifasida Asadbek Jumaniyozov tailandoik Çansom Vittayani 5:0 hisobida yengdi.

Oğirligi 80 kilogrammdan yuqori boksçilar bahsida hamyurtimiz Şohruh Almatovning raqibi - Saud Al-Barud (BAA) jangga çiqmadi.