Yakşanba kuni tongida BAAning Dubay şahridagi «Yölbars» (Tiger Tower) binosida yonğin kelib çiqdi. Mahalliy naşrlarning yozişiça, binoning 53çi qavatidagi balkonlardan birida olov paydo bölgan. Şahar öt öçiruvçi xodimlari tezkorligi tufayli heç kimga ziyon yetmagan hamda yonğin bartaraf etilgan.
Bu hafta davomida Dubayda kuzatilgan ikkinçi yonğin holati bölib, bundan avval «Maş'al» (Torch) köpqavatli turar joy binosiga öt ketgan edi. Har ikki holatda ham kişilar vafoti qayd etilmadi.
«Maş'al» binosida birinçi marta 2015 yil fevral oyida katta yonğin kuzatilgan edi. Bu holat deyarli ikki yarim yilda qaytarildi.











