Rossiya Federal ovqatlaniş tadqiqot markazi mutaxassislari "Mortadel" korxonasidan işlab çiqarilgan göşt mahsulotida inson DNKsini aniqladi. Bu haqda öz manbasiga tayangan holda "Izvestiya" naşri xabar beradi.
Kolbasa namunalari "Mortadel" korxonasining Moskva viloyati, Nagorniy Puşkinskiy tumanida joylaşgan işlab çiqariş maydonidan topilgan. Gazeta bilan suhbatda bölgan markaz mutaxassisining aytişiça, DNK ikki xil mahsulot turida aniqlangan bölib, "Şohona" kolbasasi va donaçali dudlangan kolbasalar örganiş uçun laboratoriyaga olib ketilgan.
Şuningdek, tekşiruvçilar ötkazilgan taftiş maxsus test-tizimida mahsulotning xom tarkibini aniqlaştirib, DNK xususiyatlarini ajratib berişini ta'kidlaşdi. Kompaniya saytida aytilişiça, "Mortadel" göşt mahsulotlarini işlab çiqaruvçi mamlakatdagi eng yaxşi 20 ta korxonaning biri hisoblanadi. Bugungi kunda uning zavodida kuniga 100 tonnaga yaqin mahsulot işlab çiqariladi. Kompaniya rahbariyati işlab çiqarilayotgan barça mahsulotlar tabiiy göşt, ziravorlar, tuxum va sutdan foydalangan holda tayyorlanişi aytmoqda.











