«PSJ»ning yangi futbolçilaridan biri, braziliyalik himoyaçi Dani Alves Parijga hamyurti Neymar maslahati bilan qöşilganini tan oldi. Alves «Yuventus»dan ketişdan oldin yangi klub tanlaş borasida hamyurti bilan maslahatlaşgan.
«Men Neymar bilan turli imkoniyatlarni muhokama qildim. U menga bu yerga kelişni maslahat qildi. Men «Yuventus»ni tark etmoqçiligimni aytganimda, u «PSJ»ga ötmoqçiligini aytgandi.
Bizning jamoa juda yaxşi. Bu moslaşuvni osonlaştiradi. Neymar juda baxtiyor va biz uni quçoq oçgança qarşi oldik. U kerakli joyga kerakli vaqtda keldi», deb aytgan Alves.
Dani Alves «Yuve» uçun bir mavsum öynagaç, ötgan oyda klub bilan şartnomani bekor qilgan va erkin agent sifatida «PSJ»ga yöl olgandi.
Qayd etiş kerakki, u avvaliga «Mançester Siti»ga yöl olişi kutilgan, oxirgi soatlarda qarorini özgartirib, Parijda paydo bölgandi.











