2000 yildan beri Ruanda prezidenti lavozimini egallab kelayotgan Pol Kagame mamlakat rahbari saylovlarida 98 foizdan köproq ovoz töplab, yana ğolib böldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
"Pol Kagame 98,63 foizlik ovoz bilan ğolib böldi", deb aytgan milliy saylov komissiyasi raisi Kalisa Mbanda.
Avvalroq 80 foiz ovoz hisob-kitob qilingandan keyin yetakçilik qilayotgan Kagame özining qayta saylanişini şunçalik rasmiyatçilik deb atagandi. Avvalgi 2010 yilgi saylovlarda u 93 foiz ovoz töplagan holda ğolib bölgandi.
Kagamega saylovlar vaqtida mamlakatda ruxsat etilgan yagona muxolif partiya – "Demokratik yaşil partiya" raisi Frank Xabineza va mustaqil nomzod Filippe Mpayimana raqobatçilik qilganlar.












