2017 yilning 4 aprelida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev “Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilarini rağbatlantiriş töğrisida”gi Farmonni imzolagan edi. Uşbu farmon ijrosi yuzasidan Özbekistonning turli hududlarida istiqomat qiluvçi Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilarining muborak haj ziyoratiga boriş böyiça bildirgan istaklari hamda “Nuroniy” jamğarmasining taklifi inobatga olinib, ilgari haj ziyoratiga borolmagan yoki bunga imkoni bölmagan uruş qatnaşçilari Prezident ajratgan mablağ hisobidan haj ziyoratiga yuboriladigan böldi. Bu haqda Özbekiston musulmonlari idorasi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ayni kunlarda ana şu farmon asosida mamlakatdan 73 nafar nuroniy haj safariga boriş taraddudini körmoqda.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita va Özbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilarining eson-omon haj ibodatlarini ado etib qaytişlari uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş borasida qator işlar amalga oşirilgan. Jumladan, uruş faxriylarining oila a'zolari yoki yaqin qarindoşlaridan bir nafariga navbatsiz haj ziyoratiga borişga ruxsat berildi. Har bir guruhga bir nafar guruh rahbari va yana bir nafar guruh rahbarining yordamçilari tayinlandi hamda ikki nafar malakali şifokor ajratildi.

Şuningdek, Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari har bir ziyoratçiga ehrom taqdim qildi.