Surxondaryo viloyatida jismoniy imkoniyati çeklangan, uy-joyga ehtiyojmand fuqarolarga Özbekiston Respublikasi Prezidentining sovğasi – yangi uy-joylar tantanali topşirildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov “Feysbuk”dagi öz sahifasida ma'lum qilmoqda.
Ma'lumotga köra, Özbekiston mustaqilligining 26 yillik bayrami arafasida viloyatda uy-joyga ehtiyojmand, jismoniy imkoniyati çeklangan 32 nafar fuqaroga imtiyozli kredit asosida uy-joyli böliş uçun boşlanğiç badal tölovi Prezident sovğasi sifatida amalga oşirilib, yangilangan loyihalar asosidagi uylarning kaliti tantanali ravişda topşirilgan.


“Şerobod tumanidagi “Uzunsoy” mahalla fuqarolar yiğinida istiqomat qilayotgan Olmaxon Abdulaliyeva I-guruh nogironi. Eski kasalxona binosining ikki xonasida tört jon vaqtinça istiqomat qilayotgan edi. Ular “Taroqli” massividagi 2 sotixdan iborat uç xonali zamonaviy usulda jihozlangan uyga közida quvonç yoşlari bilan köçib ötdi”, deyiladi xabarda.


Termiz, Angor, Qumqörğon, Şörçi, Oltinsoy, Denov, Sariosiyo, Uzun va Boysun tumanlari hamda Termiz şahrida ham uy-joyga muhtoj, jismoniy imkoniyati çeklangan bir guruh fuqarolar boşlanğiç badal tölovi Prezident sovğasi sifatida berilgan yangi uylarga ega bölişgan.


Tadbirlar doirasida uy-joy sovğa qilingan fuqarolar va bir guruh kam ta'minlangan oilalarga zamonaviy tikuv maşinkalari, 316 nafar imkoniyati çeklangan fuqarolarga nogironlik aravaçalari ham topşirilgan.

















