Apple boş direktori Tim Kuk kompaniyaning rasmiy biznes-strategiyasiga xizmatlar (servislar) yaratişni qöşişga qaror qildi. Kuk investorlarga taqdim qilgan hisobotga köra, xizmatlar kompaniyaning daromadi kattaligi böyiça ikkinçi moddasiga aylandi.

"Oxirgi 12 oy içida xizmatlarimiz keltirgan daromad Fortune röyxatiga kiruvçi ba'zi kompaniyalar kapitallaşuvi bilan tenglaşdi. Biz bunga kutganimizdan ham ertaroq erişdik", deb aytgan Kuk.

Ba'zi tahlilçilarning fikriça, Apple’ning yangi biznes-strategiyaga ötişi kompaniya kelajagini belgilovçi rivojlanişning yangi modeli ibtidosi hisoblanadi.

Şunga öxşaş vaziyat 1990-yillar örtalarida yuz bergan. Öşanda Stiv Jobs tomondan boşqariluvçi Apple öz nomidagi Computer sözidan voz keçib, e'tiborini mobil qurilmalar yaratişga qaratgan.