Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada yuz bergan kuchli shamol vaqtida 4 kishi halok bo‘ldi
Italiya shimolida yuz bergan momaqaldiroq va kuchli shamol vaqtida kamida 4 kishi halok bo‘ldi. Yana 2 kishi bedarak yo‘qolgan hisoblanmoqda, deb xabar bermoqda Corriere della Sera nashri.
Qurbonlardan biri belgiyalik bo‘lib, u Friuli-Venetsiya-Juliya viloyatida halok bo‘lgan. U hamrohlari bilan bo‘lgan chodir ustiga daraxt ag‘darilib tushgan.
Veneto viloyatida ham daraxt bir kishining ustiga ag‘anagan. Jabrlanuvchi shifoxonaga yetkazilgan, biroq uning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan.
Uchinchi qurbon – 47 yoshli erkak Trentino-Alto-Adijye viloyatida chaqmoq urishdan halok bo‘lgan. 4-qurbon rimlik 24 yoshli qiz bo‘lib, uni Lombardiya viloyatida suv oqimi so‘qmoqdan yuvib yuborgan va u bir necha metr balandlikdan qulab, halok bo‘lgan.
Bundan tashqari, mutaxassislar Udine viloyatida 66 yoshli erkakni qidirishmoqda. Yana bir erkak Garda ko‘lida qidirilmoqda: u yollagan qayiq yomon ob-havo sharoitida to‘ntarilib ketgan.
Mavzuga oid
08:53
Sardiniyada ish, 5 ming yevrogacha maosh: shifokorlar uchun qabul boshlandi
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
10:10 / 18.06.2026
O‘zbekistonlik shifokorlar Italiyada 5 ming yevrogacha maosh olishi mumkin
11:00 / 10.06.2026