Foto: AP

Bir paytlar Tomas Edison: «Men minglab xato qilmadim. Balki, elektr lampani kaşf qiliş uçun ming qadam taşladim». 

Dunyodagi ajoyib ixtirolar köp hollarda yirik mağlubiyatlar bilan barobar yuradi. Bugungi kunda yetukligi e'tirof etiladigan Albert Eynşteynning hayoti ham aslida bulardan xoli bölmagan. Eynşteyn köpçilik nazdida buyuk olim va dahodir. Ammo Albert Eynşteyn maktublari va işlarining töplamlari buning aksini körsatadi. Ya'ni kuraşlar va mağlubiyatlar tarixi bizga birinçi navbatda Eynşteyn inson bölganini isbotlaydi. Quyidagilardan har kim Albert Eynşteyndan öziga kerakli darsni olişi mumkin. 

1. Ha, ba'zan daholar ham xato qilişadi... ammo faqat ba'zan

Eynşteyn daho bölgani uning har doim haq bölganini anglatmaydi. Bunga eng yaxşi misol — Kvant nazariyasining Koinot mutlaq aniqlik negizida emas, ehtimollarga asoslangani haqidagi ta'kiddir. Eynşteyn bu nazariyani bir onda qabul qila olmadi. Bilamizki, u Nils Bor bilan munozaralarda şunday degan edi: «Xudo Koinot bilan oşiq öynamaydi» deb yuborgan, Bor esa unga javoban: «Xudoga nimani qilişni, nimani qilmaslikni aytiş joiz emas», deya ta'kidlagan. 

2. Öqiş foydali

Albatta, siz töğri kelgan narsani öqişingiz mumkin. Ammo, lozim vaqtda kerakli kitobni öqiş sizning qaraşlaringizga hal qiluvçi ta'sir körsatişi mumkin. Zamonaning buyuk olimi Eynşteynni qanday kitoblar qiziqtirgan bölişi mumkin?  U sevib mutoaala qilgan asarlardan biri şotlandiyalik faylasuf Devid Yumning «Inson tabiati haqidagi risola»dir. Eynşteyn uşbu kitobni öqiş unga maşhur ehtimollar nazariyasini şakllantirişda yordam bergan. Boşqalar nima qilgani, uni qanday amalga oşirgani va uning natijasi xususida öqir ekansiz, siz yangi ğoyalarni şakllantirişingiz mumkin. 

3. Çaqiriqni qabul qiling

Eynşteynning öziga xos jihatlaridan biri uning murakkab ilmiy ğoyalarni xayolida favqulodda jonlantira oliş qobiliyatidir. U buni xayoliy tajriba deb atagan. Albert Eynşteyn şunçaki nazariyalarni xayolida töqib yozmagan. U fizikani juda ham yomon köradigan kişilar ham unuta olmaydigan maşhur E = mc2 tengligini yozişgaça qança-qança xato qilgan. Ammo Eynşteyn bularning bariga qat'iyati bilan erişgan. Masalan, Eynşteyn öziga: «Yoruğlik tezligida harakatlangan odam öz aksini oynada körişi mumkinmi? Javob ha bölsa, oynadagi aks katta böladimi, kiçikmi?», degan savollar bergan. U bu savollarni turliça berib körar ekan, masalaga turliça yondaşib, Koinotning eng mavhum sirlaridan birini kaşf qilişga yaqinlaşgan. U bu usulni umumlaştirgan holda: «Aqlning haqiqiy körinişi — bu bilim emas,balki tasavvurdir», degan edi. Uning işlanmalari keng tarqalguniga qadar, Eynşteyn önlab yillar mobaynida tajribalar ötkazib, haqligini isbotlab keldi. Umumiy va maxsus ehtimollar nazariyasi isbotlanganida Enşteyn boşqa murakkab masalalar yuzasidan tajribalar ötkazişni töxtatmadi. U, alaloqibat, elektromagnitlik va tortişiş qonunlarini bir nazariya doirasida jamlaşga hamda uni Kvant mexanikasi nazariyasi bilan birlaştirişga urindi. Bu narsa olimni köplab boşi berk köçalarga olib kirdi, biroq aynan şu narsa Eynşteyn dahosini va maqsadga intiluvçanligini isbotlaydi.