2023 yilda katta ekranlarda “Oppenheymer” biografik filmi namoyiş etilgandi. Agar 1939 yil 2 avgustda yozilgan ikki sahifali maktub bölmaganida, atom energiyasidan halokat uyuştiriş uçun foydalanilgani haqida hikoya qiluvçi bu blokbaster şunçaki ilmiy fantastika bölardi, deya yozadi BBC.
Fizik olim Albert Eynşteyn tomonidan AQŞ prezidenti Franklin Ruzveltga yozilgan maktubda şunday deyiladi: “Yadro fizikasi böyiça sönggi işlar uranni yangi va muhim energiya manbaiga aylantiriş mumkinligini körsatdi”. Eynşteyn bu energiya “juda kuçli bombalar yaratiş uçun” işlatilişi mumkinligini aytadi.
Eynşteynning maktubi 2 milliard dollarlik öta maxfiy tadqiqot dasturi – “Manhetten loyihasi”, ya’ni atom qurollarini yaratişda Germaniyani quvib ötiş poygasi uçun turtki böldi. Fizik olim Robert Oppenhaymer boşçiligidagi uç yillik loyiha AQŞni yadro asriga olib kirdi va tarixdagi eng muhim va halokatli ixtirolardan biri – atom bombasining yaratilişi bilan tugadi.

2024 yil 10 sentabr kuni Eynşteynning bu maktubi Çristie's Nyu-York auksionida sotiladi. Uning narxi 4 mln dollardan oşişi kutilyapti. Maktubning ikkita varianti bor: Çristie's kimoşdi savdosida sotiladigani qisqaroq versiyasi, şuningdek, ikkinçi, batafsilroq versiyasi Nyu-Yorkdagi Franklin Ruzvelt kutubxonasi kolleksiyasida saqlanadi.
“Bu maktub köp jihatdan fan, texnologiya va insoniyat tarixidagi katta buriliş nuqtasini körsatadi”, deydi kitoblar va qölyozmalar böyiça mutaxassis Piter Klarnet. “Bunda AQŞ hukumati yirik ilmiy tadqiqotlarga bevosita moliyaviy jihatdan birinçi marta jalb qilingan”, deya qöşimça qiladi u.
Suonsi universitetining siyosat, falsafa va xalqaro aloqalar departamenti direktori, yadro tarixi böyiça tadqiqotçi Brin Uilkok ham şunday fikrda. “Bombaning kelib çiqişi haqidagi köpgina tarixiy ma’lumotlar maktubni muhokama qilişdan boşlanadi. Xat mazmuni prezident Ruzveltga töğridan töğri çora köriş uçun kalit bölgan”, deydi u.
“Manhetten loyihasi” asosida işlangan “Oppenheymer” filmi ham auksionga qöşimça qiziqiş uyğotişi kutilyapti.



















