Körişingizni yaxşilaşga ehtiyoj sezasiz, lekin an'anaviy jarrohlikdan qörqasizmi? Közingiz içiga tiğ kiritilişi sizni xavotirga soladimi? Közingizni oğriqsiz, kesmasiz, eng zamonaviy va samarali usulda davolatmoqçimisiz?

U holda SAIF-OPTIMA şifoxonasi dunyo oftalmologiyasidagi eng ilğor texnologiya, ya'ni FEMTOLASIK usulini Özbekistonda birinçi bölib xizmatingizga havola etadi.

FEMTOLASIK – bu kesişni talab qilmaydigan, tez, sodda, xavfsiz va yuqori samarali operatsiya usuli bölib, dunyoning eng zamonaviy köz klinikalari, şu jumladan Toşkentdagi SAIF-OPTIMA şifoxonasida katta muvaffaqiyat bilan qöllanilib kelmoqda.

FEMTOLASIK usuli 2 bosqiçdan iborat: avval Femtosecond deb nomlangan lazer yordamida köz şox pardasida mikroskopik yuzaki yupka qavat taşkil etiladi; söng eksimer-lazer yordamida çuqur qavatlar tekislanib körişdagi nuqson bartaraf etiladi. Uşbu usul közga heç qanday jismoniy modda kiritilişini talab qilmaydi. Har ikkala turdagi lazer nuri aynan davolanayotgan közning holati va talablaridan kelib çiqib sozlanadi va moslaştiriladi.

FEMTOLASIK usulining ustunliklari
Xavfsiz: operatsiyadan söng oğriq, yalliğlaniş, köz qurib qolişi va h.k. kabi asoratlar deyarli kuzatilmaydi.

Tez: operatsiya bir neça daqiqada tugatiladi.
Qulay va oğriqsiz: operatsiya davomida yoki undan söng közingizda oğriq yoki boşqa noqulaylik sezmaysiz.

Samarali: hatto eng oğir, avval umidsiz deb hisoblangan holatlarda ham yuqori samaraga ega.

Tez natija: operatsiyadan söng bir neça soat, hatto bir neça daqiqa içida köriş qobiliyati töla tiklanadi. 

Qanday holatlarda qöllaniladi