Özbekiston aholisi 1 iyul holatiga köra 32,345 million kişini taşkil etib, 2016 yil oxiriga nisbatan 224,5 ming nafar yoki 0,7 foizga oşdi. Şahar aholisi 16,353 million kişi (umumiy aholining 50,6 foizi), qişloq aholisi esa 15,9 million nafarni (49,4 foiz) taşkil etdi. Uşbu ma'lumotlar Davlat statistika qömitasi axborot xizmati tomonidan e'lon qilindi.
2017 yilning dastlabki olti oyida 311,9 ming bola dunyoga keldi. bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 6000 ga kam demakdir.
Toşkent, Qaşqadaryo, Farğona, Xorazm, Jizzax, Namangan, Buxoro, Samarqand viloyatlari va Qoraqalpoğistonda tuğilişlar soni kamaygani qayd etildi.
Yanvar-iyun oylarida ölim soni 78,8 mingtani taşkil etib, ötgan yilning şu davriga nisbatan 4900 taga köpaygan. Andijon, Jizzax, Qaşqadaryo, Namangan, Surxondaryo, Farğona, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpoğistonda ölim körsatkiçlari oşgan. Toşkentda esa aksinça, ölimlar soni kamaygan. Bu borada eng past körsatkiç Qaşqadaryo, Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlarida qayd etilgan.
Umumiy ölim holatlarining 62,1 foizi qon aylaniş tizimi kasalliklari, 8,8 foizi yangi paydo bölgan, 5,5 foizi ovqat hazm qiliş a'zolari xastaliklari, 5,4 foizi baxtsiz hodisalar, zaharlaniş va jarohatlardan, 5,1 foizi nafas oliş a'zolari kasalliklari, 1,7 foizi infeksion va parazitar hamda 11,4 foizi boşqa xastaliklar bilan boğliq. Yarim yil davomida 1 yoşgaça bölgan 3900 gödak ölimi qayd etilgan. Bu borada Toşkent, Xorazm, Andijon, Jizzax, Sirdaryo, Namangan viloyatlari va Qoraqalpoğistonda eng kiçik körsatkiç qayd etilgan.
Yanvar-iyun oylarida FHDYo tomonidan 96,3 ming nikoh va 15,6 ming ajrim röyxatga olingan, 1000 nafar aholi hisobiga 6 ta nikoh (2016 yilning yanvar-iyun oylarida — 5,9 ta nikoh) va 1 ta ajrim töğri keladi (2016 yilning yanvar-iyun oylarida — 0,9 ta ajrim).
Yarim yil mobaynida Özbekistonga kirib kelganlar soni 82,5 ming, çiqib ketganlar soni 91 ming nafarni taşkil etdi.











