Özbekiston taşqi savdo aylanmasi 2017 yil yanvar-iyun oylarida 12,072 mlrd dollardan oşdi. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 11,1 foizga yuqoridir. Özbekistonning yanvar-iyun oylarida eksporti 13,1 foizga oşib, 5,97 mlrd dollarni, import miqdori 9,2 foizga ösib, 6,102 mlrd dollarni taşkil etgan. Bu haqda Uzdaily.uz yozmoqda.

Özbekiston Statistika qömitasi ma'lumotlariga köra, taşqi savdodagi tafovut import foydasiga 132,7 mln dollarni taşkil etgan, bunda MDH mamlakatlari bilan taşqi savdodagi farq ijobiy bölib, 300,2 mln dollarni taşkil etgan bölsa, boşqa mamlakatlar bilan savdoda salbiy tafovut 432,9 mln dollardir.

Özbekiston rezidentlarining taşqi savdo amaliyotlari, asosan, Osiyo (umumiy savdo aylanmasining 47,2 foizi) Yevropa (42,2) va Amerika (3,0) bilan amalga oşiriladi. 

MDH mamlakatlari orasida taşqi savdoning asosiy uluşi Rossiya, Qozoğiston, Ukraina, Tojikiston, Qirğizistonga töğri kelib, 29,4 foizni taşkil etadi. Boşqa mamlakatlar orasida Xitoy, Turkiya, Koreya Respublikasi, Germaniya, Afğoniston, Braziliya, Hindiston, Eron, Latviya, Litva, Fransiya, AQŞ, Şveytsariya hissasiga töğri kelib, jami taşqi savdoning 43 foizini taşkil etadi. 

Bunda MDH mamlakatlari bilan taşqi savdo aylanmasi 4,45 mlrd dollarni taşkil etib, ötgan yilning şu davriga nisbatan 12,6 foizga ösgan. MDH mamlakatlarining Özbekiston taşqi savdo aylanmasidagi uluşi 36,9 foizni taşkil etgan.

Boşqa davlatlar bilan taşqi savdo aylanmasi 10,2 foizga ösib, 7,62 mlrd dollarni taşkil etgan. Ularning Özbekiston umumiy taşqi savdo aylanmasidagi uluşi 63,1 foizga yetgan.

Özbekistonning 2017 yil yanvar-iyun oylarida MDH mamlakatlariga eksporti 14,8 foizga ösib, 2,375 mlrd dollarni taşkil etgan. Özbekistonning boşqa mamlakatlarga eksporti 3,59 mlrd dollarga yetib, ötgan yilning şu davriga nisbatan 12 foizga ösiş qayd etilgan. Özbekiston jami eksportining 39,8 foizini MDH mamlakatlariga, 60,2 foizini boşqa mamlakatlarga amalga oşirgan.

Özbekiston MDH mamlakatlaridan 2,075 mlrd dollar tovar va mahsulotlar import qilgan (+10,2 foiz). Boşqa mamlakatlardan keltirilgan import 4,027 mlrd dollar (+8,6 foiz)ni taşkil etgan. 

Özbekiston taşqi savdo aylanmasining 42,2 foizi Yevropa mamlakatlari, 47,2 foizi Osiyo, 3 foizi Amerika, 0,1 foizi Afrika mamlakatlariga töğri kelgan.