Özbekiston MTRKning “Özbekiston” teleradiokanali “Uçburçak” körsatuvi efirida özining yaşaş mintaqasida mos va yaxşi daromadli iş topa olmay, Toşkent şahriga iş izlab kelib, mardikorlik qilayotgan şaxslar, jumladan, ayollar masalasi ham kötarildi.
Körsatuv boşlovçisining aytişiça, Mehnat vazirligining böş iş örinlari bazasidagi ma'lumotlarga köra, 13 867 ta taşkilotdan 84 191 ta böş iş örinlari taqdim etilgan.
Har qança çiroyli gaplarni gapirmaylik, balandparvoz sözlarni sözlamaylik tirikçilik, yetişmovçilik e'tiqodni susaytirişi mumkin. Albatta, Özbekistonda iş örinlari köp. Biroq, işsiz yurgan fuqarolarni ana öşa iş joylaridagi nimalardir qoniqtirmayotgani aniq.
Toşkent şahar Bandlik boş boşqarmasi bölim boşliği Jaloliddin Abdusattorovning aytişiça, ayrim korxonalar va taşkilotlarning iqtisodiy imkoniyatidan kelib çiqilgan holda işlovçilarni qoniqtirmaydigan oylik maoşlari ham bor.
Körsatuv davomida poytaxtda vaqtinçalik iş izlab yurgan erkaklar haqida lavha efirga uzatildi. Bundan taşqari, mardikor ayollar masalasiga alohida töxtalib ötildi.
Boşlovçining aytişiça, uç kundan söng özga hududda yurib, röyxatdan ötmagan fuqaro eng kam iş haqining yarim baravarigaça jarimaga tortiladi. Avvallari ular eng kam iş haqining uç baravarigaça bölgan holatda jarima tölaşardi.
Ayollar haqidagi lavhada Toşkent şahrida vaqtinçalik iş izlab yurgan turli fuqarolar bilan suhbat qurildi. Ulardan birining aytişiça, asli samarqandlik bölib, turmuş örtoği işlamaydi. Ayolning özi ham heç qanday ma'lumotga ega emas, şu sababdan mardikorçilikka çiqib, dala işlari, xonadonlarni tozalaş bilan şuğullanadi. Kuniga 30-40 ming söm atrofida mablağ topadi. Boşlovçining “Özingiz yaşaydigan hududda qança oylik berişsa, oilangiz va farzandlaringiz bağrida işlar edingiz?” degan savoliga ayol: “Iş yöq bizda. Agarda taşkil qilib berişsa, mening farzandlarimning propiskasi bu yerda-da” deya javob beradi.
Boşqa bir ayolning sözlariga köra Navoiy viloyatidan bölib, boğbonçilik, körpa-töşak tikiş bilan şuğullanadi. “Bizdagi hunarmandlarga murojaat qilganingiz bilan bu yerda aholi köp bölgani tufayli qança köp işlasangiz, şunçalik tölov yaxşi böladi. Bizda unday tölovlar yöq. Özimizda ham kafe, töyxonalar bor. Bizda ertalab soat 7 dan keçki vaqtlarga qadar işlasangiz 8 ming söm pul beradi. Eng katta farzandim 19 ga kirayapti. Men bolalarimni boqiş uçun harakat qilayapman. Mahalla hamişa özini orqaga tortgan. Şu yerdagi ayollarga ham işxonalar qilib berişsin, iş bilan ta'minlaşsin. Agar iş bilan ta'minlansa, köçada şunday yurişning heç kimga keragi yöq. Heç kim özidan yayrab ketganidan, oşib-toşib ketganidan mana şu yerda yurmaydi”, - deydi bu ayol.












