8 avgust kuni Makedoniya poytaxti Skope şahrida UYeFA Superkubogi final bahsi bölib ötadi. Unda YeÇL ğolibi «Real» hamda Yevropa Ligasi ğolibi «Mançester Yunayted» klublari maydonga çiqadi.

Mazkur bellaşuvga «Qirollik klubi» boş murabbiyi 24 futbolçini jalb qildi. Bir neça kun oldin ta'tildan qaytgan Kriştianu Ronaldu ham uşbu qaydnomaga kiritilgan.

Qayd etiş kerakki, ötgan oyda ispan naşrlari uşbu uçraşuvda Ronaldu iştirok eta olmasligi, bunga uning ta'tili muddati çözilişi sabab bölişi haqida xabarlar berilgandi.

Quyida Zayniddin Zidan «Mançester Yunayted»ga qarşi öyinga jalb etgan futbolçilar bilan tanişiş mumkin:
Darvozabonlar: Navas, Kasilya, L.Zidan
Himoyaçilar: Karvaxal, Valexo, Serxio Ramos, Varan, Naço, Marselo, Teo, Aşraf
Yarimhimoyaçilar: Kroos, Modriç, Kazemiro, Lorente, Asensio, Isko, Kovaçiç, Sebalos
Hujumçilar: Ronaldu, Benzema, Beyl, Lukas Vaskes, Mayoral.

Öyin 8 avgust kuni soat 23:45da boşlanadi.