Apple kompaniyasi Instagram ijtimoiy tarmoğida özining rasmiy akkauntini işga tuşirdi. Profilda iPhone qurilmalarida olingan eng yaxşi suratlar taqdim etilmoqda.
Avvallari Instagram'da faqat reklama beruvçi sifatida közga taşlangan Apple endi öz mahsulotlari tarğiboti bilan ham şuğullanadi. Ta'kidlaş joizki, @apple profili ijtimoiy tarmoq ma'muriyati tomonidan tasdiqlangan.
Apple sahifasida kompaniya tomonidan işlab çiqarilgan qurilmalarda olingan suratlar namoyiş qilinmoqda. Ba'zi suratlardan slaydşou körinişidagi videolar işlangan. Izohlarda şuningdek mualliflarning şarhi va ularning Instagram sahifalariga havolalar berilgan.
Kompaniya sahifasida istagan follover surati çop etilişi mumkinligi ma'lum qilingan. Buning uçun ularga #ShotoniPhone xeştegi qöyilsa bas.
Bugunga qadar kompaniya akkaunti 272 mingdan ziyod folloverga ega.












