Özbekiston tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi (ÖTTJ) tijorat banklariga maxsus iqtisodiy zonalar hududida amalga oşirilayotgan investitsiya loyihalarini moliyalaştiriş uçun umumiy summasi 100 mln. dollar bölgan kredit liniyalarini oçadi. 

Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 7 avgust kuni “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyati samarali amalga oşişi uçun vazirliklar, idoralar, davlat hokimiyati organlarining joylarda muvofiqlaştiriş böyiça sa'y-harakatini kuçaytiriş va mas'uliyatini oşiriş böyiça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorni imzoladi.

Özbekiston rahbari ÖTTJga Özbekiston banklariga umumiy hajmi 100 mln. dollarlik kredit liniyalarini oçiş haqida topşiriq berdi. Ular EIZ hududlarida amalga oşirilayotgan investitsiya loyihalariga yönaltiriladi.

Şavkat Mirziyoyev Markaziy bankka Özbekiston investitsiyalar böyiça Davlat qömitasi va vakolatli tijorat banklari bilan xorijiy banklar, xalqaro moliyaviy institutlar va donor mamlakatlar kredit linitsiyalarini EIZ hududlarida investitsiya loyihalarini amalga oşiriş uçun jalb etiş haqida tavsiya berdi.

Prezident erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini yanada rivojlantiriş böyiça asosiy yönalişlarni belgilab berdi.

Xususan, EIZ yuqori texnologiyali zamonaviy işlab çiqariş quvvatlari, birinçi navbatda tayyor raqobatbardoş mahsulot va mahalliy xomaşyo hamda materiallar bazasida ehtiyot buyumlari işlab çiqarişni mahalliylaştiriş nazarda tutilgan.

EIZga investitsiyalarni jalb qiliş böyiça ijobiy şaroitlar yaratiş vazifasi yuklandi. Bu xorijiy yetakçi kompaniya va korporatsiyalar iştirokida zamonaviy yuqori texnologiyali innovatsion işlab çiqarişni taşkil etişda yordam berişi kerak.