Tibbiyot nuqtai nazaridan, insonlarda yuqori va past qon bosimi kuzatiladi. Gipotoniya — köpinça past qon bosimi kuzatiladigan kasallik.

Biz har kuni özimizni tetik his qiliş uçun qahva içişga odatlanganmiz. Biroq bu kasallikni birgina qahva bilan davolab bölmaydi. Gipotoniyaning klinik körinişi asosan çarçoq hissi, işlaş samaradorligining pasayişi, boş oğriği, lanjlik, örindan turganda köz oldining qoronğulaşişi, uyqu kelişi, ba'zan esa hatto boş aylanişi bilan kuzatiladi. "Ortodoks" tibbiy portali şu haqidagi ma'lumotlari bilan bölişdi.

Gipotoniya — jiddiy kasallik va bu yerda özboşimçalik bilan davolanib bölmaydi. Murojaat qilinişi kerak bölgan şifokor - kardiolog, u töliq tekşiruv ötkazib, sababini aniqlaydi va sizning kasalliklar tarixingizdan kelib çiqib, zarur dori vositalarini belgilaydi.

Past qon bosimi bilan kuraşişning bir neça varianti mavjud:

1. Suv. Gipotoniklar kuniga odatdagidan 2-3 stakan köproq suv içişi kerak. Bu ularga qon bosimni me'yorda uşlab turişga yordam beradi.

2. Uyqu. Gipotoniklar 9-10 soat uxlaşi kerak. Bu vaqt ularga kun davomida sarflagan kuçlarini qayta tiklaşga yordam beradi.

3. Faol hordiq va piyoda sayr qiliş. Harakat — bu hayot. Muntazam ravişda sport bilan şuğullaning. Eng yaxşi dori - piyoda sayr qiliş, suziş, serharakat öyinlar. Bizning barça harakatlarimiz qon aylanişini yaxşilaydi, u tomirlar böylab harakatlanib, tanadagi barça organlarni işlaşga majbur qiladi va natijada umumiy jismoniy holat yaxşilanadi.

4. Duş. Kontrast duş juda foydali, çunki u qon tomirlar holatini yaxşilaydi. Sovuq suv quyiş, sauna, uqalaş va h.k. Biroq şuni yodda tutiş lozimki, harorat rejimini keskin özgartiriş (sovuqdan issiqqa çiqiş) mumkin emas. Bu hatto huşni yöqotişgaça olib kelişi mumkin.

5. Past qon bosimi kuzatiladigan kişilar örinlaridan keskin turişlari tavsiya etilmaydi. Keskin qözğaliş natijasida gipotonik huşini yöqotişi mumkin.

6. Uqalaş. Su Jok terapiyaga köra, quloqlar organizmning eng ta'sirçan nuqtalaridan biridir. Uqalaş maşqlarini qölda yoki biror ingiçka predmet, masalan, gugurt çöpida amalga oşiriş mumkin. Gugurt çöpi yordamida quloğingizdagi eng oğriqli nuqtani topib, özingizni yaxşi his qilmaguningizça uqalayvering. Avval oğriqli nuqta atrofini (20 soniyaça), keyin esa oğriqli nuqtalarni bosib uqalanadi.