AQŞ va Yevropa davlatlarida quyoş energiyasidan foydalangan holda suv isitiş texnologiyasi uzoq vaqtdan beri qöllanilmoqda. Endilikda, bu texnologiyalar Özbekistonda ham taqdim etilmoqda. Markaziy Osiyoda ilk bor Royal savdo belgisi ostida quyoşli suv isitgiçlarni keng kölamda işlab çiqariş rejalaştirilmoqda.
Quyoşli suv isitgiçlar – bu quyoş energiyasi yordamida suvni isitiş uçun foydalaniladigan qurilmalardir. Ayni damda resurslarni tejaş va ulardan oqilona foydalaniş kun tartibining dalzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Şuning uçun muqobil energiyadan foydalaniş töğri qarordir. Özbekistonda yilning aksariyat qismida asosan quyoşli ob-havo kuzatilişi e'tiborga olingan holda, quyoşli suv isitgiçlarni işlab çiqariş loyihasi mintaqa uçun juda mos keladi.

2016 yilning yakunidan boşlab “Fizika-Quyoş” ilmiy işlab çiqariş birlaşmasi laboratoriyalarida quyoşli suv isitgiçlardan foydalaniş böyiça tajribalar boşlandi. Bu tajribalar Royal ilmiy markazi vakillari taşabbusi bilan quyoşli energetika sohasidagi yetakçi mutaxassislar iştirokida ötkazildi. Tajribalarda Royal quyoşli suv isitgiçlari unga öxşaş import mahsulotlari bilan taqqoslandi va sinovdan ötkazildi. Royal savdo belgisi Özbekiston bozorida sifatli suv isitadigan qurilmalar işlab çiqaruvçisi sifatida tanilgan. Royal suv isitgiçlari Özbekiston iste'molçilari orasida katta talabga ega va şuning uçun quyoşli suv isitgiçlarni işlab çiqariş Royal brendi mahalliy bozordagi örnini mustahkamlaşda yangi bosqiçga aylanadi.
«Fizika-Quyoş» ilmiy işlab çiqariş birlaşmasi mutaxassislari tajribalar yakunida Royal savdo belgisi ostida işlab çiqariluvçi quyoşli suv isitgiçlardan foydalanişning yuqori energosamaradorligini qayd etişdi.

Royal quyoşli suv isitgiçlari ikki turga bölinadi: gorizontal va vertikal.
Gorizontal quyoşli suv isitgiçlar individual qurilma bölib, bak va kollektordan iborat. Bunday turdagi isitgiçlar xususiy uylar, kottejlar va dala-hovlilarga mos keladi. Işlab çiqarişda hajmi 200 va 300 litr bölgan gorizontal quyoşli suv isitgiçlarni işlab çiqariş rejalaştirilmoqda. Bunday hajm 4 yoki 6 kişidan iborat oilani issiq suvga bölgan ehtiyojini bemalol qondira oladi.














