«PSJ»ning yangi futbolçilari Neymar va Dani Alves «Arsenal» hujumçisi Aleksis Sançes bilan boğlanib, uni Parij klubiga kelişga undagan. Bu haqda El Mercurio xabar tarqatdi.
Oxirgi vaqtlarda çililik futbolçi London klubidan ketişi haqida xabarlar tarqalgan. 28 yoşli futbolçiga parijliklardan taşqari «Monako» va «Mançester Siti» klublaridan qiziqiş mavjud.
Ötgan haftada «Arsenal» boş murabbiyi Arsen Venger Sançes şartnomani uzaytirmasa ham jamoada qolişi haqida ma'lum qilgandi.
6 avgust kuni esa u Sançesni Angliya Superkubogi uçun «Çelsi»ga qarşi keçgan öyin qaydnomasiga ham kiritmadi. 7 avgust kungi intervyusida u jamoada futbolçilar köpayib ketgani, yozgi transferlar vaqtida ba'zi futbolçilar sotilişi mumkinligini aytdi.
Qayd etiş kerakki, Sançes «Barselona»daligida, 2013/14 yilgi mavsumgaça Neymar va Dani Alves bilan birga öynagan.
U londonliklar safida ötgan 3 mavsumda 145 öyinda maydonga tuşib, 72 gol urdi. Uning klub bilan amaldagi şartnomasi muddati 2018 yil yozigaça tuzilgan.











