2016 yil 22 martda Bryusselda amalga oşirilgan teraktlar taşkilotçilaridan biri Tarik Jadaun öldirildi. Belgiyaning RTL-TVI telekanalining taxminiça, jangarini iroqlik harbiylar qatl etganlar.

Terrorçi Mösul uçun janglar vaqtida asirga olingan.

"Jangarining ölgani haqida turli guruhlar a'zolari orasidagi deşifrlangan yozişmadan ma'lum böldi", deb aytilgan xabarda. Biroq jangari qatl etilganining rasmiy tasdiği olinmagan.

2016 yil 22 mart kuni Bryusselning Zaventem aeroporti va "Maalbek" metro stansiyasida portlaşlar sodir etilgan. Teraktlar oqibatida 30 dan köproq odam halok bölgandi, 250 dan köproq odam jarohatlangandi.