Saudiya Arabistoni podşo xonadoni şahzoda Salmon bin Abdulloh bin Turki Al Saudning vafot etganini ma'lum qildi. Bu haqda SPA agentligi podşohlik devonxonasiga asoslanib xabar qilmoqda. 

"Şahzoda Salmon bin Abdulloh bin Turki Al Saud u dunyoga rihlat qildi", — deyiladi xabarda.

Unda ölim sabablariga oydinlik kiritilmagan. 

Eremnews agentligi vafot etgan şahzoda yaqinlariga asoslangan holda u 26 yoşda bölgani, vafotiga yurak xuruji sabab bölganini ta'kidlagan.