Singapur hamişa innovatsion texnologiyalar bilan maşhur bölgan. Mahalliy hukumat aholi uçun maksimal qulay şaroitlar yaratişda davom etib, hozirda kunning qoronği vaqtida yaxşi köriş uçun yoruğlanuvçi yöllarni sinovdan ötkazmoqda, deb yozmoqda Life.
Uzunligi 400 metrlik yöl 4 ta seksiyaga bölingan, uning har biri turli material: mayda şağal toş, şağal va öt, ğovak beton va stronsiy alyuminatining yaşil minerallari bilan qoplangan. Bu modda kunduzi quyoş energiyasini yutib, tungi vaqt yoqimli nur taratadi.

Hozirda Singapur hukumati qanday qoplama xavfsizroq va barqarorroq ekanini aniqlaş maqsadida yölni sinovdan ötkazmoqda. Hukumat agentliklari esa aholi örtasida sörovnoma ötkazib, uning natijalariga köra yöl qoplamasi uçun mos material tanlab olinadi.













